Zangiota tumanidagi lok-bo‘yoq zavodida yong‘in chiqdi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent viloyati Zangiota tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida birlamchi ma’lumot berdi.
1 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi lok-bo‘yoq zavodi yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent viloyati Zangiota tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida birlamchi ma’lumot berdi.
Yong‘in o‘chirilmoqda
Ma’lum qilinishicha, 10-sentyabr kuni soat 14:15 da Zangiota tumani, “Erkin” mahallasida joylashgan bo‘yoq (kraska) ishlab chiqarish sexi binosida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent viloyati FVBga xabar kelib tushgan.
Yong‘in o‘chirish ekipajlari yetib borishgan, ayni vaqtda yong‘inni o‘chirish ishlari bajarilmoqda. Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi.
Voqea joyiga vazirlik rahbariyati hamda ma’sul tashkilotlarning vakillari chiqqan.



