$
 12634.34
-18.98
 14821.34
-0.76
 162.37
0.48
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Toshkentda xalqaro gastronomik festival bo‘lib o‘tmoqda

Gastronomik festival

20-22 sentabr kunlari poytaxtimizdagi “Navro‘z” istirohat bog‘ida “Lazzatli O‘zbekiston” xalqaro gastronomik festivali bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekistonning hududlari va xorijlik mehmonlar o‘z pazandalik san’at asarlarini namoyish etmoqda.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad nima?

Ushbu festival Turizm qo‘mitasi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad O‘zbek oshxonasi va madaniyatiga qiziquvchi sayyohlarni jalb qilish, gastronomik turlarga bo‘lgan talabni oshirish. Butun dunyodan oshpazlar va oshpazlik mutaxassislarining ishtiroki tajriba almashish va O‘zbekistonning gastronomik joy sifatida xalqaro imidjini kengaytirish uchun maydon yaratadi. Festival, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va restoranlar uchun o‘z mahsulotlarini namoyish qilish imkoniyati bo‘ladi, bu esa mahalliy biznes va turizm infratuzilmasini rivojlantirishga yordam beradi.

Festivalga 20 mingdan ortiq tomoshabin kelishi kutilmoqda

Uch kun davomida mamlakatimizning turli hududlaridan 100 dan ortiq tajribali oshpazlar taxminan 50 xil turli taom tayyorlaydilar. Mahalliy ustalardan tashqari, tadbirda xorijiy davlatlardan, jumladan, qo‘shni mamlakatlardan, Turkiya, Ozarbayjon, Rossiya, Eron, Hindiston, Italiya, Malayziya, Indoneziya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni va boshqa davlatlardan 20 nafar atrofida mutaxassis va oshpazlar ishtirok etadi va master-klasslar olib borishadi.

Festivalga 20 mingdan ortiq tomoshabin va mehmonlar, 1000 nafar xorijiy sayyohlar tashrif buyurishi kutilmoqda.

Festival doirasida nominatsiyalar bor

“Lazzatli O‘zbekiston” ishtirokchilariga “Gastronomik turizmni rivojlanishiga qo‘shgan katta hissasi uchun”, “Milliy taomlarni saqlanib qolinishiga qo‘shgan hissasi uchun”, “Yuqori professionallik mehnati uchun”, “Tashkiliy ishlardagi eng yuqori qobiliyati uchun”, “Milliy an’analarga sodiqligi uchun”, “Eng yuqori mahorati va takomillashishga bo‘lgan intilishi uchun”, “Ijodiy izlanish va mashaqqatli mehnati uchun”, “Mehnat sevarligi va milliy an’analarga sodiqligi uchun”, “Eng nafis taom uchun”, “Eng zo‘r ko‘rsatilgan xizmati uchun”, “Servis bo‘yicha eng yuqori mahorat uchun”, “Eng zo‘r bezatilgan ko‘rgazma stendi uchun” nominatsiyalar bo‘yicha sertifikatlar topshiriladi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sardor Niyozovning ta’kidlashicha, gastroturizm xalqlarning tarix va madaniyatini tushunishida muhim o‘ringa ega.

“3 kun davomida Respublikaning barcha xududlarida 100 dan ortiq mahoratli oshpazlar tomonidan 50 xildan ortiq taomlar tayyorlanadi, ushbu tadbirga xorijiy davlatlardan 20 nafarga yaqin ekspert, oshpazlar tashrif buyurgan.

Shuningdek, ular tomonidan tadbir davomida taom tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari o‘tkzilishi rejalashtirilgan”, – deydi u.

Теги :
Jamiyat