$
 12141.94
26.97
 14289.85
29.32
 162.63
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Nega yomgʻirli ob-havoda tushkunlik hissi ortadi?

positive

Kuzgi yog‘inli ob-havoda ba’zi kishilarda tushkunlik hissi ortib boradi. Bu serotonin garmoni yetishmasligi bilan tushuntirilib, 5-6-oktyabr kunlari respublikaning katta qismida uzoq muddat bulutli havo kishilarga shunday hissiyotni taqdim etadi. Bu haqda iqlimshunos Erkin Abdulahatov maʼlum qildi.

Baxt gormoni

Havo ayniganida, kuzgi hazonrezgilik vaqti, tinimsiz yomg‘ir yoqqanida, quyosh nurining inson tanasiga ta’siri kamayishi fonida “baxt gormoni” — serotoninning yetishmasligi bilan bog‘liq fizio-boilogik jarayon yuz beradi. Bu holat ba’zida xavfli bo‘lib, kishi tushkunlikka ham tushib qolishi mumkin.

Uyda yolgʻiz qolmang!

5-oktyabr kuni respublikaning markaziy hududlaridagi viloyatlarda, 6-oktyabr Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yomg‘irli ob-havo muhitida aholida serotonin darajasining pasayishi kuzatilishi mumkin. 

Shifokorlar bunday paytda (havoda) uyda yolg‘iz o‘tirish depressiyani kuchaytirishi mumkinligini ta’kidlaydi. Serotonin gormonini normallashtirish uchun shifokor ko‘rsatmasi asosida vitaminlar ichish tavsiya etiladi.

Теги :
Jamiyat