$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston bolalar farovonligi bo‘yicha Global indeksda o‘rnini yaxshiladi

bola

Bolalar farovonligi bo‘yicha Global indeksda O‘zbekiston 2017-yilda 78-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2021-yilda 16 pozitsiya yuqoriga ko‘tarilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) Surayyo Rahmonova aytib o‘tdi.

Bola huquqlari bo‘yicha qancha hujjat bor?

Qonun bilan bolalar huquqini himoya qilish borasidagi vazifalar nimalardan iborat? Yangi parlament bolalar huquqlarini ta’minlashda qanday yangiliklar qilishi mumkin? Shu kabi masalalar xususida Surayya Rahmonova to‘xtalib o‘tdi. Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda milliy qonunchiligimizda bola huquqlari bilan bog‘liq 40 dan ortiq qonun hujjatlari, 500 dan ortiq qonunosti hujjatlari mavjud. 

Onalik va bolalik davlat muhofazasida

Avvalo aytadigan bo‘lsak, Asosiy qonunimizda bolaning jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha kafolatlar kuchaytirildi, bu borada davlatning ijtimoiy majburiyatlari kengaytirildi, — deydi S.Rahmonova. — Shuningdek, ota-onalarning farzandlari oldidagi majburiyati alohida ko‘rsatilib, davlat va jamiyat ota-ona vasiyligidan mahrum bo‘lgan va yetim bolalarga g‘amxo‘rlikni o‘z zimmasiga olishi qayd etildi. Onalik va bolalik davlat muhofazasida ekani qat’iy mustahkamlandi.

Shuningdek, neonatal o‘lim ko‘rsatkichlari sezilarli pasaygani, maktabgacha ta’lim qamrovi 76 foizgacha oshgani, bunga qariyb 2 million bola qamrab olingani, eng muhimi esa davlatimizda bolalar mehnatiga batamom barham berilgani aytib o‘tildi.

Bolalar ombudsmani kotibiyatiga kelib tushayotgan murojaatlar bilan qay tarzda ishlanadi? 

Shuningdek, bola huquqlari vakili Ombudsmanga kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash tartibini tushuntirdi. 

— Bolalar ombudsmani faoliyatining asosiy yo‘nalishi fuqarolarning murojaatlarini o‘rganishdir. Murojaatlar faqatgina ota yoki ona, bolaning yaqin qarindoshlaridan emas, balki voyaga yetmaganlarning o‘zlaridan ham kelib tushmoqda. Xususan, voyaga yetmagan qizlar oilaviy zo‘ravonlik qurboni, ota-ona yoki umuman, uchinchi shaxslar tomonidan erta turmush qurishga majburlanayotganliklari, voyaga yetmagan o‘g‘il bolalar esa ularga maktablarda boshqa sinf o‘quvchilari tomonidan tazyiq o‘tkazib kelinayotganligi yuzasidan murojaat qilishmoqda.

Jumladan, joriy yilning 9 oyida Bolalar ombudsmani kotibiyatiga bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, bolalar hamda ularning qonuniy vakillaridan jami 800 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Murojaatlar bilan ishlash mexanizmiga ko‘ra, mutasaddilar bilan har bir keys yuzasidan alohida manzilli ish olib boramiz va zarurat bo‘lsa, vaziyatni joyiga borib o‘rganamiz.

Har bir murojaat bilan ishlashda bolaning eng ustun manfaatini ta’minlash yondashuviga tayanamiz. Zero, barcha sa’y-harakatlarimizning yagona maqsadi – yurtimizning har bir kichik fuqarosi, har bir bola Konstitutsiya va qonunlarda kafolatlangan barcha huquq va imkoniyatlaridan teng, to‘la foydalana olishini ta’minlashdir, — deydi Surayyo Rahmonova.

Теги :
Jamiyat