$
 12694.96
23.12
 13508.71
39.81
 134.66
0.02
weather
+26
Кечаси   +14°

Ota-onasi bilan birga yashaydiganlar alohida yashovchilarga qaraganda koʻproq pul topadi

oila bobo buvi

Ma’lumki, farzandning komil inson sifatida voyaga yetishida ota-onaning roli nihoyatda katta. Farzand tarbiyasi ota-onadan juda katta mas’uliyatni talab qiladi. Farzand ota-ona uchun ulug‘ bir ne’mat bo‘lgani kabi, o‘z navbatida farzandlar ham ota-onasini hurmat qilishi, e’zozlashi xalqimizga xos milliy qadriyatlardandir. 

Ota-ona bilan muloyim gaplashish, ehtirom ko‘rsatish, maslahatlashish, ularga g‘amxo’rlik ko’rsatish va xabar olish farzandlarning ota-ona rizoligini olishidagi muhim qadriyatlarimizdan biridir. 

Generativlik xususiyati

Masalaning yana bir muhim jihati bu farzandlarning voyaga yetganidan keyin ham ota-onasi bilan birga yashashi va ularga g‘amxo‘rlik qilishidir. Bu esa chuqur hurmat va mehr-oqibat belgisi hisoblanadi. Aynan shu jihat avlodlar o‘rtasida bir-biriga nisbatan ehtirom va qo‘llab-quvvatlash istagini yuzaga chiqaradi. Bu jihat ilmiy tadqiqotlarda generativlik xususiyati deyiladi.  

Misol uchun, psixologik va psixo-ijtimoiy rivojlanish nazariyasini ishlab chiqqan E. Erik "generativlik" konsepsiyasini taklif qilgan. Unga ko‘ra, kattalar qadriyatlarni qaror toptirish va keyingi avlodlarga yetkazish hamda ularning farovon hayot kechirishini ta’minlashga intiladi. Ota-onalar bilan yashash bu generativlikning ifodasidir.Bu yerda voyaga yetgan farzandlar ota-onalariga hurmat va g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi, yordam beradi va qo‘llab-quvvatlaydi. 

Oilalarning faravonlik darajasiga taʼsiri

Оta-ona bilan yashash oila a’zolariga g‘amxo‘rlik qilishning uzoq muddatli yechimi bo‘lib, oilalarning farovonlik darajasiga ham ta’sir qiladi. Shuningdek, ota-ona bilan birga yashash farzandlarda mas’uliyat hissini oshirib, ularda kasb-hunar o‘rganish, mehnat qilish va ko‘proq daromad topishga intilish hissini kuchaytiradi. 

Soʻrovnoma va hisob-kitoblar

Shundan kelib chiqib MHTI mutaxassislari milliy qadriyatlarimizdan biri bo’lgan ota-onaga ehtirom ko’rsatishning oilaning umumiy iqtisodiy daromadiga va farovonligiga ta’sirini tahlil qilib chiqdi. 

Yuqoridagi nazariyalarga asoslanib, ota-onalar bilan yashash daromadni oshirishda yordam beradi, degan gipoteza shakllantirildi. Ushbu gipotezani isbotlash uchun ota-onalar o‘rtasida so‘rov o’tkazildi va hisob-kitoblar amalga oshirildi. 

Ushbu modelda ota-ona bilan yashashning uy xo‘jaligi daromadiga ta’siri aniqlandi. 

Daromadga ijobiy taʼsir

Olingan natijalarga ko‘ra, ota-onasi bilan birga yashaydigan fuqarolarning jon boshiga o‘rtacha oylik daromadi alohida yashovchilarnikiga qaraganda 0,09 foizga yuqori ekanligi aniqlandi.

Ushbu natijalar yuqoridagi gipotezani tasdiqlagan holda farzandlarning ota-onalar bilan yashashi ularning daromadiga ijobiy ta’sir qilishini isbotlaydi.