$
 12768.26
-62.87
 14400.04
-142.76
 162.63
1.56
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Eyfel minorasi “reklama maydoni” emas(mi?)

Eyfel

Eyfel minorasida olimpiya o‘yinlari ramzi (halqalar)ni saqlab qolish masalasi Fransiyada bahs-munozalaralarni keltirib chiqardi, deb yozmoqda “The Guardian” nashri.

Parij merining qarori

Ushbu tarixiy qaror haqida Parij meri Ann Idalgo o‘z Instagram-sahifasida ma’lum qilgandi. Uning yozishicha, Xalqaro olimpiya qo‘mitasidan ruxsat olingan edi. Faqat hozirgi 30 tonnali halqalar yengilroqlariga almashtiriladi. Chunki olimpiya ramzi uzoq muddatga o‘rnatiladi.

Madaniyat vaziri va Eyfel avlodlari noroziligi

Hokimning bayonoti Fransiya madaniyat vaziri Rashida Dati hamda Gyustav Eyfel avlodlarining noroziligiga uchradi. Eyfel minorasi — chet tashkilot uchun “reklama maydoni” emas, balki Parijning ramzidir, deyishmoqda ular.

Shu bois Change.org platformasida minorada olimpiya halqalarini saqlab qolishga qarshi petitsiya boshlanib, 20 mingdan ziyod imzo yig‘ildi.

“Parij meri istaydimi-yo‘qmi, bundan qat’i nazar, bayram tugashi bilan bizning ramzimiz o‘z tabiiy holatiga qaytishi shart”, — deyiladi petitsiya murojaatida.

Теги :
Jamiyat