$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Joriy yilda O‘zbekiston mahsulot eksport qilgan mamlakatlarning 3 tasidan 38 ta e’tiroz kelib tushgan

import eksport export

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Agentlik axborot xizmati rahbari Sabina Sadinova 2024-yil 6 oy davomida eksport-import sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Eksportchi tadbirkorlar soni oshdi

Bugungi kunda 56 ta davlatga O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining fitosanitariya sertifikati asosida barcha meva-sabzavotni yuklash mumkin. Xorijiy davlatlar bozorlariga meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlar soni 1 600 tadan ortdi.

Rossiyaga meva-sabzavotlar eksportini soddalashtirish maqsadida fitosanitariya sohasida raqamli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Bitim imzolandi.

2024-yilning 1-yarim yilligida qishloq xo‘jaligi eksporti va fitosanitar faoliyati yutuqlari

So‘nggi 6 oyda 4 ta davlatga 11 ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti uchun fitosanitar ruxsatlar olinib, ularning soni salkam 600 taga yetkazildi.

Xitoyga no‘xat, Koreyaga rediska, kunjut, loviya, yashil no‘xat, karam, koriandr, zafaron, Fransiyaga gilos, Buyuk Britaniyaga pomidor, bulg‘or qalampiri eksport qilish imkoniyati yaratildi.Latviya va Koreyaning eksportni rivojlantirishga qaratilgan loyihalari doirasida 13 nafar mutaxassis jalb qilindi va mahalliy soha xodimlarining malaka oshirishiga ko‘maklashildi.

2024-yil hosili uchun 5,1 mlrd. dona oltinko‘z, 6 097 kg trixogramma, 2,7 mlrd. dona brakon yetishtirildi va 2,2 mln. gektar g‘alla-paxta ekin maydonlarida tarqatildi.

 Import va eksportda e’tirozli holatlar

Import bo‘lgan mahsulotlardan namunalar olinib, 178 mingta ekspertizadan o‘tkazildi. 730 ta holatda 17 turdagi karantin obyektlari aniqlandi va tegishli choralar ko‘rildi.

Importda 6 ta davlatga 442 ta e’tiroznomalar (notifikatsiya) yuborildi, Eksportda 3 ta davlatdan 38 ta e’tiroznomalar kelib tushdi va tegishli choralar amalga oshirildi.

172,8 t va 25 mingdan ortiq o‘simliklar karantini nazorati ostidagi mahsulotlar qaytarildi, 1,57 t va 192 794 dona yo‘q qilindi.

Rossiyaga eksport qilingan mahsulotlarda zararkunanda aniqlangandi

Ma’lumot uchun, 2023-yilda sabzavot va mevalar savdosi 1,76 mln. tonnaga (+1,1 foiz), qiymat jihatidan esa 1,18 mlrd. dollarga (+3,3 foiz) oshdi. Meva-sabzavot eksportining asosiy bozorlari Rossiya (37 foiz), Pokiston (16,7 foiz), Xitoy (12,3 foiz) va Qozog‘iston (10,3 foiz) bo‘ldi.

Avvalroq, Rossiyaga eksport qilingan mahsulotlarda sharq mevaxo‘rining tirik lichinkalari aniqlanganligi va holat yuzasidan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Rosselxoznadzor bilan muzokaralar olib borgani haqida xabar bergan edik.

Теги :
Jamiyat