$
 12964.43
-30.16
 14744.45
-17.4
 158.28
0.6
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyaga eksport qilingan zararlangan mevalar taqdiri nima boʻldi?

Eksport meva

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Orenburg oblastiga eksport qilingan mevalarda zararli organizmlar aniqlanganligi toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Rosselxoznadzor tomoni bilan muzokaralar olib bordi.

Mahsulotlar fitosanitar ko’rigidan o’tkazilgan

Ma’lum qilinishicha, elektron hujjatlar almashinuvi oʻrganilganda Rossiyaga joʻnatilgan partiya, yaʼni oʻrik va olxoʻri mahsuloti Namangan viloyatida yetishtirilganligi maʼlum boʻldi. Shu oʻrinda mevalar yetishtirilgan bogʻ mutasaddilari va fitosanitar sertifikatni rasmiylashtirib bergan inspektor bilan aloqa oʻrnatildi. 

Aniqlanishicha, eksportbop mevalar yetishtirishga ixtisoslashgan bogʻdan joʻnatilgan 13,68 tonna oʻrik va 2,5 tonnadan ortiq olxoʻri bilan birgalikda 3,75 tonna olma va 1 tonnadan ortiq nektarin ham ichki karantin inspektori tomonidan koʻrikdan oʻtkazilgan. 

Ushbu mahsulotlar tegishli tartibga asosan tekshirilgan va fitosanitar toza mevalarga ichki fitosanitar sertifikat rasmiylashtirib berilgan. 

Sharq mevaxo’ri - mevalar kushandasi

Rosselxoznadzor xabar berishicha, eksport qilingan mahsulotda sharq mevaxoʻrining tirik lichinkalari aniqlanganligi aytib oʻtilgan. Maʼlumot oʻrnida qayd etish lozim, sharq mevaxoʻri – karantin zararkunandasi hisoblanib, olma, nok, behi, shaftoli, oʻrik, olxoʻri, olcha, doʻlana kabi daraxtlarga zarar yetkazadi. Hasharot 44 ta davlatda, jumladan Rossiya hududida ham tarqalgan.

Shuning uchun bunday hollarda tirik lichinka aniqlangan mahsulot fumigatsiya qilinib, uning realizatsiyasiga ruxsat etiladi. Biroq karantin osti organizmi hisoblangan zararkunanda eksport boʻlayotgan hududda uchramasa mahsulot ortga qaytriladi yoki yoqish yoʻli bilan yoʻq qilinadi.

Mahsulot qaytarib yuborilmagan

Ma’lum bo’lishicha, Namangan viloyatidan eksport boʻlgan mahsulotlar fumigatsiya qilinib, tadbirkor yuk ortga qaytarilmaganligini maʼlum qildi.

Теги :
Jamiyat