$
 12732.56
3.08
 14181.53
25.08
 139.37
-0.35
weather
+26
Кечаси   +14°

Fuqarolar ishlab chiqargan energiyasini hududiy elektr korxonasiga sotmoqda

positive

Joriy yilning yanvar-iyul oylari davomida 4 ming 986 nafar jismoniy shaxs o‘z xonadonida o‘rnatilgan quyosh panellari orqali elektr energiyasi ishlab chiqargan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Iste'moldan ortgan energiya orqali daromad

Fuqarolar iste’moldan ortgan 4 mln. 815 ming 922 kVt⋅soatlik qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotgan.

Har bir kVt⋅soat elektr energiyasi 1000 so‘mdan sotib olinadigan ushbu hajm jami 4 mlrd. 815 mln. 922 ming so‘mni tashkil qilgan va tegishli summa Soliq qo‘mitasining “Soliq” mobil ilovasi orqali yuqoridagi fuqarolarning bank plastik kartalariga o‘tkazib berilgan.

Iyul oyidagi davlatga sotilgan energiya

Birgina iyul oyida quyosh panel o‘rnatib, undan ishlab chiqarilgan elektr energiyasining iste’moldan ortgan qismini davlatga sotgan 3 ming 759 ta xonadonga 1 mlrd. 399 mln. 564 ming so‘m to‘lab berilgan.

Теги :
Жамият