Oʻzbekistonda “svet” va gaz uchun qarzdorlikni undirish tartibi oʻzgartirildi
“Svet” va gaz uchun qarzdorlikni undirishda arizachidan qoʻshimcha hujjatlar soʻraladi.
1 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev “Ijro ishini yuritish yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi.
Qarzdor energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi lozim
Endilikda MIBga isteʼmol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun majburiy toʻlovlarni undirish toʻgʻrisidagi arizaga qarzdor jismoniy shaxs energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi lozim.
Qo‘shimcha hujjatlar
Isteʼmol qilingan elektr energiyasi yoki tabiiy gaz uchun qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida sud buyrugʻini berish haqidagi arizaga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilarning koʻchirma nusxalari ham ilova qilinadi:
- isteʼmolchi bilan tuzilgan shartnomaning;
- penya hisoblanishi toʻgʻrisidagi va isteʼmolchini tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzish haqidagi ogohlantirish koʻrsatilgan, qarzni toʻlash toʻgʻrisidagi talabning, shuningdek uning isteʼmolchiga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatning;
- isteʼmolchi tegishli energiya resurslari tarmoqlaridan uzilganligini tasdiqlovchi hujjatning.
Pochta xarajatlari qarzdor tomonidan qoplanadimi?
Pochta xarajatlarini undirish tartib-taomilini soddalashtirish maqsadida qarzdor jismoniy shaxslardan pochta xarajatlarini undirish toʻgʻrisidagi sud hujjatlariga nisbatan ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi qoʻllaniladi.



