$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ joriy yilgi kuz-qish mavsumiga qanday tayyorlandi?

“Issiqlik elektr stansiyalari” A

Joriy yil aprel oyida Toshkent issiqlik elektr markazida umumiy quvvati 32 MVt bo‘lgan 2 ta gaz turbina qurilmasini qurish investitsiya loyihasi yakuniga yetkazildi. AOKAda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari ijrosi yuzasidan ma’lumot berildi.

 “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ oldida turgan ustuvor vazifa

Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr va issiqlik energiyasining asosiy qismi issiqlik elektr stansiyalari hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun, aholi va boshqa iste’molchilarning elektr va issiqlik energiyasiga o‘sib borayotgan talabini qondirish, ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlashda faoliyat ko‘rsatayotgan joriy quvvatlarni eng zamonaviy texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish va yangi energosamarador quvvatlarni ishga tushirish “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ oldida turgan ustuvor vazifa hisoblanadi. Bu borada issiqlik elektr stansiyalari va markazlarida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish mamlakatimiz Prezidentining bir qator qaror va farmoyishlari bilan belgilab berilgan bo‘lib, ayni vaqtda ularda ko‘rsatilgan vazifalar jadal sur’atlarda amalga oshirib borilmoqda. Ushbu yo‘nalishda faoliyatimiz O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, mahalliy banklar va xalqaro moliya institutlari - Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Xitoy banklari tomonidan faol ravishda qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Investitsiya loyihalari

Ayni paytda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan umumiy qiymati 3,2 mlrd. AQSh dollarga teng bo‘lgan jami 11 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirib kelinmoqda. 11 ta yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida Respublika aholisi qo‘shimcha 2,3 GVt elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. Barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan ushbu loyihalar ijrosi doirasida 2024-yilda 616,9 mln. dollarni o‘zlashtirish belgilangan. 2024-yil yanvar-sentyabr yakunlari bo‘yicha mazkur loyihalar doirasida 358,72 mln. dollar o‘zlashtirildi reja 354,0 mln. dollar, shunda bajarilishi 101,3 foiz, bu 2023-yilga nisbatan 155,2 foizga ko‘p.

Теги :
Jamiyat