Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +12° kechasi +9°

Ko‘p energetik ichimlik iste’mol qilgan erkakka o‘tkir pankreatit tashxisi qo‘yildi

Qozog‘istonda ikki banka energetik ichimlik ichgan erkak shifokorlar yordamiga muhtoj bo‘lib qoldi. Haddan tashqari energetik iste’moli oshqozon osti bezi to‘qimalari tuzilishining o‘zgarishiga olib kelgan.

1 daqiqa o‘qiladi

Ko‘p energetik ichimlik iste’mol qilgan erkakka o‘tkir pankreatit tashxisi qo‘yildi

Bu haqida mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Yo‘lovchining ahvoli og‘irlashgan

"Tun yarmida Olmaotadan Qorag‘andaga ketayotgan avtomobil yo‘lovchilaridan birining sog‘lig‘i yomonlashgani haqida tibbiy-qutqaruv punktiga chaqiruv kelib tushdi", deyiladi xabarda.

Voqea joyiga tez tibbiy yordam guruhi yetib kelgan. Ular 1981-yilda tug‘ilgan erkakka ikki banka energetik ichimlik ichganidan keyin yuzaga kelgan o‘tkir pankreatit tashxisini qo‘ygan.

Qutqaruvchilar unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, Balxash shahridagi shifoxonaga olib borgan.

O‘tkir pankreatit qanday kasallik?

O‘tkir pankreatit — oshqozon osti bezining yallig‘lanishi bo‘lib, uning to‘qimalarining tuzilishi o‘zgarishiga olib keladi. Kasallikka xos belgilar quyidagicha:

butun qorin bo‘shlig‘ida to‘satdan paydo bo‘ladigan kuchli og‘riqlar;

jig‘ildon qaynashi;

qusish xurujlari;

qorinning dam bo‘lishi va ichak gazlari to‘planishi;

umumiy ahvolning yomonlashuvi: tana haroratining ko‘tarilishi, qon bosimining tushishi, yurak urishining tezlashuvi, ko‘p terlash, terining oqarishi yoki sarg‘ayishi.

Surunkali pankreatitda kuchli og‘riqlar kamroq uchraydi, ular faqat zararli ovqat va ichimliklarni haddan tashqari iste’mol qilgandan keyingina paydo bo‘ladi.