Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +11° kechasi +9°

O‘zbekistonda elektropoyezdlar ishlab chiqarilishi mumkin

Bu haqda Transport vazirligi va Hyundai Rotem kompaniyasi o‘rtasida muzokara bo‘lib o‘tdi.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda elektropoyezdlar ishlab chiqarilishi mumkin

O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasur Choriyev Hyundai Rotem kompaniyasining Global Rail Group rahbari Kvak Chol Xun boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi. 

Elektropoyezdlar ishlab chiqarish

Transport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilishda O‘zbekistonda zamonaviy elektropoyezdlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasi muhokama qilindi.

Bugungi kunda Janubiy Koreyaning KORAIL kompaniyasi tomonidan ekspluatatsiya qilinayotgan elektropoyezdlar turini Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodida mahalliylashtirish orqali ishlab chiqarish taklifi yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Mahalliylashtirish asosida ishlab chiqarish

Mahalliylashtirish asosida ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan elektropoyezdlarining asosiy texnik xususiyatlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Tomonlar loyihaning qo‘shimcha imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, taklifni tahlil qilish va yangi ishlab chiqarish maydonlarini o‘rganishga kelishib oldi.

Ta‘kidlash joiz, iyunda Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yolning tashrifi chog‘ida “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Temiryo‘lekspress” va Hyundai Rotem kompaniyalari o‘rtasida yangi “Toshkent — Urganch — Xiva” tezyurar yo‘nalishi uchun oltita elektropoyezd yetkazib berish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.