Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +13° kechasi +9°

O‘zbekistonning elektromobil bozori kimning qo‘lida?

Statistika agentligi 7 oy davomida O‘zbekistonga import qilingan avtomobillar soni haqida ma'lumot berdi. Import qiluvchi davlatlar o‘rtasidagi farq esa hayratlanarli.

1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning elektromobil bozori kimning qo‘lida?

Yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 10 542 ta elektromobil import qilingan.

Eng ko‘p eksport qiluvchi

Qayd etilishicha, Xitoy elektromobillar yetkazib berish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolmoqda.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston elektromobillar importini 42 foizga oshirdi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi.

Yetti oylik yakunlariga ko‘ra, mamlakatga 10 542ta elektromobil keltirildi.

O‘tgan yilga nisbatan farq

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan import qilingan elektromobillar soni 42,6%ga oshgan.

Shu bilan birga, elektromobil importi qiymati 28,8%ga tushib, $156 mln.ni tashkil etdi.

Xitoy elektromobillar yetkazib berish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi, bu esa O‘zbekiston bozoridagi ulushini sezilarli darajada oshirdi — yillik hisobda 93%dan 99,9%gacha.

Import qiluvchilar o‘rtasidagi farq

Mazkur davrda Xitoydan O‘zbekistonga 10 477ta elektromobil import qilingan.

Bundan tashqari, import Gonkong, Germaniya va BAAdan amalga oshirildi, ulardan olib kelingan elektromobillar jami 35tani tashkil qiladi.