$
 12778.00
-9.03
 14012.35
-36.76
 131.58
-1.47
weather
+26
Кечаси   +14°

Elektromobillarga ishonch ortib bormoqdami?

positive

Joriy yilning sakkiz oyi davomida O‘zbekistonga umumiy qiymati $166,8 mln. bo‘lgan 12 913 ta elektromobil import qilingan, deya xabar berdi Statistika agentligi.

Avgustdagi savdo va katta yetkazib beruvchi

Ulardan $10,8 mln.lik 2471 dona elektromobil avgust oyida yetkazib berildi.

O‘zbekistonga elektromobillarning katta qismi Xitoydan yetkazib berilmoqda. Yanvar oyidan boshlab import hajmi 12 840 ta avtomobilni, jumladan avgust oyida 2 363 tani tashkil etdi — bu barcha importning 99,4%i degani.

Qo‘shni davlatdan import

Qozog‘iston ikkinchi o‘rinni egallab, 22 ta elektromobil yetkazib berdi. Avgust oyi o‘zbekistonlik yetkazib beruvchilar qo‘shni davlatdan elektromobil import qilgan birinchi oy bo‘ldi.

Uchinchi o‘rinni 15 ta mashina bilan Gonkong egallagan bo‘lsa, to‘rtinchi o‘rinni 12 ta mashina bilan Germaniya egalladi.

Elktomobilni zaryadlash shoxobchalari

Iqtisodiyot Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, may oyidan buyon O‘zbekistonda zaryadlash stansiyalari soni 1,5 barobarga ko‘paygan.

Elektr yoqilg‘i quyish shoxobchalarining yarmiga yaqini Toshkent shahrida, ikkinchi o‘rinda Toshkent va Namangan viloyatlarida joylashgan.

Теги :
Жамият