$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi ayrim iste’molchilar elektr to‘lovlari uchun tarif guruhini tanlay olishadi

positive

Bu oilaviy korxona, boshqaruvchi tashkiloti hamda hunarmand kabilarga amal qilib, buning uchun ular hisobot oyi boshlangunigacha elektr ta’minoti korxonasiga murojaat qilishi kerak bo‘ladi.

Tanlov huquqi

Hujjat bilan, joriy yilning 1-oktyabridan boshlab bir qator iste’molchilarga o‘z ixtiyori bilan soliq va boshqa imtiyozlarni saqlab qolgan holda elektr energiyasi uchun to‘lovlarni II yoki III tarif guruhlarida amalga oshirishga ruxsat beriladi.

Kimlar uchun?

Bu quyidagilar uchun amal qiladi:

oilaviy korxonalar;

hunarmandlar;

diniy tashkilotlar;

yotoqxonalar;

uy-joy mulkdorlari shirkati;

ko‘p kvartirali uyni boshqaruvchi tashkilotlar.

Bunda iste’molchilar hisobot oyi boshlanguniga qadar elektr ta’minoti korxonasiga murojaat qilishlari kerak bo‘ladi.

Ta‘kidlash joiz, joriy yilning avgust oyida prezident farmoni bilan “O‘zenergoinspeksiya” Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazilgandi. Inspeksiyaga qo‘shimcha vazifalar yuklanib, energetika auditorlariga malaka sertifikatlarini berish va nazoratni raqamlashtirish bilan shug‘ullanishi belgilandi.

Теги :
Jamiyat