Eksportchilar uchun transport subsidiyalari miqdorini onlayn hisoblash imkoni yaratildi
Buning uchun mahsulot turini, uning hajmini, boradigan mamlakat va xarajatlar miqdorini ko‘rsatish kerak.
1 daqiqa o‘qiladi

“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” tomonidan transport xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun onlayn kalkulyator ishlab chiqildi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Onlayn kalkulyatorda nimalar qilish mumkin?
U orqali kompensatsiya summalarini hisoblash va mablag‘ miqdorini oldindan aniqlash, shuningdek, kompensatsiya taqdim etiladigan hamda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ro‘yxati to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin.
Uni qanday ishlatish mumkin?
Buning uchun eksportchi korxona faqat mahsulotlarning TIF TN raqami, eksport qilinayotgan mamlakat, transport turi va xarajatlari, eksport qiymati hamda mahsulot og‘irligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritishi kerak.
Xizmat hozirda “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi"ning “Subsidiyalar tizimi” portalida mavjud hamda undan havola orqali foydalanish mumkin.



