$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston qaysi turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilmoqda?

Eksport meva

O‘zbekiston 9 oyda 1,4 mlrd. dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilgan. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Eng yuqori ulush qaysi mahsulotda?

2024-yil yanvar—sentyabr oylarida O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari eksporti 1,44 mlrd. AQSh dollarini tashkil qildi. Eksport qilingan oziq-ovqat mahsulotlari ichida eng yuqori ulushni sabzavotlar va mevalar tashkil qiladi, ularning qiymati — 1,1 mlrd. dollar. Undan keyin esa 262,2 mln. dollarlik donli ekinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar eksport qilingan.

Eksport qilingan oziq-ovqat mahsulotlari turkumlanishi 

Eksport qilingan oziq-ovqat mahsulotlari turkumlanishi quyidagicha:

  • Go‘sht va go‘sht mahsulotlari — 34,7 mln. dollar;
  • sut mahsulotlari va qush tuxumlari — 29,6 mln. dollar;
  • kofe, choy, kakao, ziravorlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar —18,2 mln. dollar;
  • hayvonlar uchun oziq mahsulotlari — 18,1 mln. dollar;
  • shakar, shakardan tayyorlangan mahsulotlar va asal — 11,5 mln. dollar;
  • har xil oziq-ovqat mahsulotlari va preparatlar — 7,6 mln. dollar.

Eksport hajmi 15 foizga oshdi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning yanvar—sentyabr oylari yakuni bilan 13,9 mlrd. dollarlik (maxsus eksportsiz) tovar va xizmatlar eksporti amalga oshirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15 foizga yoki 1,8 mlrd. dollarga o‘sgani haqida xabar bergan edik. Eksport hajmlarining o‘sishi asosan meva-sabzavot mahsulotlari (31 foiz yoki 245 mln. dollar), qizilmiya ildizi ekstrakti (71 foiz yoki 12 mln. dollar), mis trubkasi (42 foizga yoki 58 mln. dollar), ip kalava (11 foizga yoki 100 mln. dollar), avtobuslar (2 barobar yoki 12,7 mln. dollar), kir yuvish mashinasi (96 foiz yoki 12,4 mln. dollar), avtobuslar (2 barobar yoki 12,7 mln. dollar), alyumin profillar (43 foiz yoki 8,3 mln. dollar), turizm (50 foiz yoki 808 mln. dollar) va transport (22 foiz yoki 281 mln. dollar) xizmatlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Теги :
Jamiyat