$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda eksportchilar qanday muammolarga duch kelyapti?

eksport

Joriy yilning yanvar—sentyabr oylari yakuni bilan 13,9 mlrd. dollarlik (maxsus eksportsiz) tovar va xizmatlar eksporti amalga oshirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15 foizga yoki 1,8 mlrd. dollarga o‘sishi ta’minlandi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Ogulnur Atayeva ma’lum qildi.

Eksport qaysi mahsulotlar evaziga o‘smoqda?

Eksport hajmlarining o‘sishi asosan meva-sabzavot mahsulotlari (31 foiz yoki 245 mln. dollar), qizilmiya ildizi ekstrakti (71 foiz yoki 12 mln. dollar), mis trubkasi (42 foizga yoki 58 mln. dollar), ip kalava (11 foizga yoki 100 mln. dollar), avtobuslar (2 barobar yoki 12,7 mln. dollar), kir yuvish mashinasi (96 foiz yoki 12,4 mln. dollar), avtobuslar (2 barobar yoki 12,7 mln. dollar), alyumin profillar (43 foiz yoki 8,3 mln. dollar), turizm (50 foiz yoki 808 mln. dollar) va transport (22 foiz yoki 281 mln. dollar) xizmatlari hisobiga to‘g‘ri keladi.

Qanday murojaatlar bor?

Xabar berilishicha, respublika eksport shtabi faoliyati doirasida eksportchilarning vujudga kelayotgan muammolli masalalarini aniqlash va tezkorlik bilan hal etish choralari ko‘rib borilmoqda. Jumladan, eksportchilar faoliyatini o‘rganish davomida 1 047 ta muammoli masalalar aniqlandi va 704 ta muammolar hal etildi. Jumladan:

  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish bo‘yicha kelib tushgan jami 357 ta murojaat bo‘yicha (4,4 trln. so‘m) 227 ta eksportchiga 2,7 trln. so‘m kredit mablag‘lari ajratilishiga amaliy yordam berildi, qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish yo‘nalishida 242 ta korxonaga 518,6 mlrd. so‘m QQS qaytarish bo‘yicha Soliq qo‘mitasi tomonidan 196 ta korxonaga 344 mlrd. so‘m mablag‘lar qaytarib berildi,
  • uzluksiz tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha jami 195 ta kelib tushgan murojaatdan 141 tasi hal etildi,
  • karantin va standartlashtirish bilan bog‘liq 147 ta muammolardan 100 tasi hal etildi va 47 tasi o‘rganib chiqilmoqda;
  • 38 ta boshqa turdagi (transport va sug‘urta xarajatlarini kompensatsiya qilish, debitor qarzdorlikni undirish va boshqalar) murojaatlardan 22 tasi hal etildi.


Теги :
Iqtisodiyot