$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi

1-sinf

Oʻzbekistondagi umumtaʼlim maktablarida 1-sinfga qabul 20-iyun sanasidan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi maʼlum qildi.

Ikki bosqich

Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich: 20-iyundan 31-iyulgacha mikro-hudud doirasida,

2-bosqich: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikro-hududdan tashqarida.

Elektron shaklda

1-sinfga qabul jarayonlari ushbu havoladagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi. Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.

Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi. 

Bola necha yosh bo‘lishi kerak?

“Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.