$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston qaysi davlatlar bilan ko‘proq savdo qilmoqda?

export import eksport

O‘zbekistonning 2024-yilning yanvar-mart oylarida qaysi davlatlar bilan eng yuqori savdo aylanmasiga ega ekanligi aniq bo‘ldi. Mamlakatning Top:10 savdo aylanmasiga ega davlatlarni, statistika agentligi o‘z Telegram sahifasida ma’lumot berdi.

Eng yaxshi hamkor – Xitoy

O‘zbekiston yilning dastlabki choragida eng ko‘p Xitoy xalq Respublikasi bilan savdo qilgan. Savdo aylanmasi 3 milliard 13 million 400 ming AQSH dollarini tashkil qilib, bunda 451,6 million eksportga; 2 milliard 51,8 million importga to‘g‘ri keladi. Xitoy bilan savdo mamlakatning 19 foiz tashqi savdo aylanmasi hisoblanadi.

MDH mamlakatlari bilan savdo aloqalari

MDH mamlakatlari ichida eng katta ulush Rossiyaga tegishli – savdoning 17,7 foizi. Mamlakat bilan qilingan savdo 2 milliard 800,5 million bo‘lib, shuning 720,9 millioni eksport hamda 2 milliard 79,6 millioni import. Qo‘shnilarmiz Qozog‘iston(5,9 foiz) va Turkmaniston(1,5 foiz) bilan ham savdo aylanmasi ancha yuqori. Qozog‘iston bilan(jami 937,7 million) eksport - 294,8 million va import – 642,9 million bo‘lsa, Turkmaniston bilan(umumiy 235,2 million) eksport – 21,7 hamda import – 213,6 million AQSH dollariga teng.

Yevropadagi hamkorlar bilan aloqalar

O‘zbekiston 3 oy mobaynida Yevropaning Germaniya va Fransiya davlatlari bilan ko‘proq savdo qilgan. Raqamlarga yuzlanadigan bo‘lsak, Fransiya bilan aloqalar, savdo ulushining 2,1 foizini tashkil etib, 337,1 million AQSH dollari(237,3 million eksport, 99,8 million import)ga teng. Germaniya esa ulushning 1,7 foiziga ega chiqib, savdo aylanmasi 268,1 million dollar(20 million eksport, 248,1 million import).

Osiyodagi boshqa “do‘stlarimiz”

Shuningdek, O‘zbekiston bilan eng yuqori savdo aylanmasiga ekan mamlakatlari ichida Turkiya(4,1 foiz), Koreya Respublikasi(3,4 foiz), Afg‘oniston(1,4 foiz) va Hindiston(1,3 foiz) bor. Ular bilan savdo aylanmamiz quyidagicha:

-    Turkiya – 656,3 mln( eksport – 261,9; import – 394,4 mln)

-    Koreya – 544,1 mln(eksport – 10.9; import – 533,2 mln)

-    Afg‘oniston – 224,8 mln(eksport – 219,9; import – 4,9 mln)

-    Hindiston – 213 mln(eksport - 12,8; import – 200,2 mln)