Telegram asoschisining maoshi yiliga 1 dollarga ham yetmaydi
Daromad to‘g‘risidagi ma’lumotlar Durovning garov puli miqdorini aniqlash paytida ma‘lum bo‘lgan. Tadbirkorning boyligi $9−15,5 mlrd.ga baholanmoqda, ammo yillik maosh miqdori hayratlanarli.
1 daqiqa o‘qiladi

“Telegram” messenjeri asoschisi Pavel Durov Fransiyada so‘roq paytida maoshi yiliga bor-yo‘g‘i 1 BAA dirhami ($0,27) ekanligini aytdi. Bu haqda Fransiyaning “Le Monde” nashri xabar berdi.
Milliarderning maoshi
Milliarderning maoshi miqdori haqidagi so‘zlari tergovchilarda savollar tug‘dirdi. Durovning daromadlari haqidagi ma’lumotlar avgust oyida unga qarshi ochilgan ish bo‘yicha garov miqdorini aniqlash uchun kalit bo‘lgan.
Fransiya prokuraturasi garov pulini 20 mln. yevro qilib belgilashni taklif qildi, biroq sud bu miqdorni 5 mln. yevrogacha kamaytirishga qaror qildi.
Rasmiy maosh va boylik
Rasmiy maoshning pastligiga qaramay, Durovning shaxsiy boyligi $9 mlrd.dan $15,5 mlrd.gacha baholanmoqda, bir qator investitsiya fondlari hisob-kitoblariga ko‘ra, “Telegram” messenjerining qiymati $30 mlrd. dollarga yaqindir.
Durov pullarini qanday shaklda saqlaydi?
“Financial Times” nashriga bergan intervyusida Durov “Telegram” foyda keltirmasligini aytdi. Shuningdek, u ko‘chmas mulk, samolyot yoki yaxtaga ega emasligini, aktivlarini banklar va kriptovalyutalarda saqlashni afzal ko‘rishini ta’kidladi.
O‘tgan yili Pavel Durov Dubaydagi kim oshdi savdosida ishtirok etib, eksklyuziv davlat raqami uchun 8,5 mln. yevro taklif qilgandi.



