Pavel Durov Fransiya tergov organlari bilan hamkorlikka kirishdi
Qayd etilishicha, Durov bir nechta jinoiy ishlar bo‘yicha so‘rovlarga javob berdi va ayrim gumondorlarni aniqlashga yordam beradigan ma’lumotlarni taqdim etgan.
2 daqiqa o‘qiladi

Pavel Durov hibsga olinganidan so‘ng “Telegram” Fransiya tergov organlari bilan hamkorlik qila boshladi, deya xabar bermoqda “Libération”.
Durov gumondorlarni aniqlashda yordam bermoqda
Qayd etilishicha, Durov bir nechta jinoiy ishlar bo‘yicha so‘rovlarga javob berdi va ayrim gumondorlarni aniqlashga yordam beradigan ma’lumotlarni taqdim etgan.
Gazeta buni messenjer siyosatidagi “misli ko‘rilmagan burilish” deb ataydi.
Tekshiruvlarni qayta boshlash so‘ralmoqda
Materialda, shuningdek, Fransiya prokuraturasiga messenjer bunday so‘rovlarga javob bermagani sababli to‘xtatilgan “Telegram”ga oid tekshiruvlarni qayta boshlash qat’iy tavsiya etilgani qayd etilgan.
Parij prokuraturasining uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha milliy yurisdiksiyasi (Junalco) kiberjinoyatchilikka bag‘ishlangan “J3” bo‘limi boshlig‘i Joanna Brouss “Libération” nashriga: “eshik haqiqatan ham ochiladi”, deb tasdiqlaydi.
Durov uchun “hayratlanarli” holat
Qayd etilishicha, u Parijga kelganidan so‘ng uni to‘rt kun davomida politsiya so‘roq qilingan va Durovga messenjerdan noqonuniy foydalanish uchun shaxsan javobgar bo‘lishi mumkinligi aytilgan, chunki Fransiya rasmiylari “Telegram"dan javob olmagan.
Hibsga olish, so‘roq qilish va da’volar Durov uchun “hayratlanarli” bo‘lgan, chunki “Telegram"ning Yevropa Ittifoqida vakili bor. Elektron pochta manzili har qanday Yevropa Ittifoqi rezidenti uchun mavjud.
“Fransiya hukumati yordam so‘rash uchun men bilan bog‘lanishning ko‘plab usullariga ega edi. Men Fransiya fuqarosi sifatida Dubaydagi Fransiya konsulligida tez-tez mehmon bo‘lib turardim. Biroz oldin men shaxsan ularga Fransiyadagi terrorizm tahdidiga qarshi kurashish uchun „Telegram“ orqali ishonch telefonini ochishga yordam berganman”, — degan Durov.



