YouTube mualliflarga videolarini avtomatik dublyaj qilish funksiyasini taqdim etmoqchi
Bundan tashqari, videolar, sarlavhalar va eskizlar uchun g‘oyalarni ishlab chiqishda yordam beruvchi “Inspiration” yorlig‘i qo‘shiladi.
1 daqiqa o‘qiladi

“YouTube” video xizmati “Made on YouTube” yillik konferensiyasida yangi funksiyalarni e’lon qildi.
Avtomatik dublyaj
Mualliflar “YouTube” 2023-yil iyunidan beri sinab ko‘rayotgan videoni avtomatik dublyaj qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Qayd etilishicha, funksiya yaqin oylarda yuz minglab foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘ladi.
Shuningdek, video xizmati qo‘llab-quvvatlanadigan tillar soni kengaytirilib, ispan, italyan, portugal, fransuz va boshqalar qo‘shiladi.
Yangi yordamchi funksiya
Video mualliflari uchun “Inspiration” yorlig‘ini ham qo‘shiladi. Ushbu vosita mualliflarga videolar, sarlavhalar va eskizlari uchun g‘oyalarni ishlab chiqishda yordam beradi. U 2024-yil avgust oyidan beri sinovdan o‘tkazilmoqda.
“Google”da yangilik
“Google”da 2024-yil may oyida taqdim etilgan “Veo” modeli yordamida video yaratish funksiyasi ham mavjud bo‘ladi.
Unda animatsion rasmlarni yoki qisqa videolarni yaratish mumkin bo‘lib, davomiyligi 6 soniyadan oshmasligi kerak. Tarkibda suv belgisi va sun’iy intellekt tomonidan yaratilganligi haqida eslatma ham qo‘shiladi.



