$
 12198.28
-30.3
 14241.49
-41.49
 156.57
0.61
weather
+26
Кечаси   +14°

Dubayda o‘zbekistonlik millionerlarning qancha uyi bor?

Dubay

Yevropa Ittifoqi ekspertlari AQSH ma’lumotlariga asoslanib, Dubayda qiymati milliard dollardan ortiq ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarni aniqladi.

Dubayda markaziy osiyolik 2410 ta millioner bor

Unga ko‘ra, Dubayda ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan markaziy osiyoliklar soni 2410 tani tashkil qilgan. Ularning Dubaydagi uylari soni esa 4420 ta. Davlatlar kesimida bo‘lib chiqadigan bo‘lsak, bu borada o‘zbekistonlik millionerlar ikkinchi o‘rinda. Keltirilishicha, Dubayda o‘zbekistonlik millionerlar soni 470 nafar, ular egalik qilayotgan ko‘chmas mulklar esa 780 ta.  

Qozog‘iston peshqadam

Shuningdek, reytingda Qozog‘iston birinchi o‘rinda. Dubayda 1500 nafar qozog‘istonliklarning 2700 ta uyi bor. Turkmaniston esa o‘zining 220 ta millionerlari bilan uchinchi o‘rinni egallagan. Ushbu 220 ta boylarning Dubaydagai ko‘chmas mulklari soni 360 ta. Tojikiston hamda Qirg‘izistonda Dubayda ko‘chmas mulkka ega millionerlar soni bir xil, ya’ni 110 nafardan. Ammo, tojikistonliklarning Dubaydagi ko‘chmas mulklari soni 340 ta bo‘lsa, qirg‘izistonliklarniki 240 ta.

Dubayda uylar narxi qancha?

Dubaydagi uylarning narxi bir qancha omillarga bog‘liq. Jumladan, Dubayning mashhur joylari (masalan, Palm Jumeirah, Downtown Dubai, Dubai Marina) bilan qiyoslaganda shaharning kamroq rivojlangan hududlarida uylar arzonroq bo‘ladi. Shuningdek, apartamentlar, villalar, yoki townhouse’lar narxlari turlicha. Masalan, villalar va townhouse’lar odatda apartamentlardan qimmatroq. Hamma joyda ushbu me’zon bo‘lganidek, xonalar soni va uy maydoni ham narxga ta’sir qilmay qolmaydi.

2024-yil holatiga ko‘ra:

1 xonali apartamentlar Dubay markazida o‘rtacha 800,000 - 1,500,000 AED (220,000 - 410,000 AQSh dollari) atrofida.

2-3 xonali apartamentlar narxi esa 1,500,000 - 3,000,000 AED (410,000 - 820,000 AQSh dollari) atrofida.

Villalar va hashamatli uylar Palm Jumeirah yoki Dubayning qimmatbaho tumanlarida 10 million AED (2.7 million AQSh dollari) yoki undan qimmatroq bo‘lishi mumkin.

Теги :
Jamiyat