$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Oʻzbekistonda nechta dorixona bor?

positive

Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Farmasevtika faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi tomonidan yangilangan statistik ma’lumotlarga ko‘ra , hozirgi kunda mamlakatimizda 13 ming 203 ta dorixona faoliyat yuritmoqda. Shulardan 8248 tasi asosiy dorixona, 4955 tasi filial hisoblanadi.

Dori ishlab chiqaruvchi korxonalar soni qancha?

O‘zbekiston Respublikasi hududida 2024-yilning 1-oktyabr holatida dori vositalarini ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega 69 ta korxona, dori vositalarini tayyorlash uchun litsenziyaga ega 147 ta korxona, dori vositalarini ulgurji realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega 485 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Dorixonalar soni 5 yil ichida 

Maʼlumotlarga ko‘ra, so‘ngi 5 yil davomida respublikada dorixonalar soni ortib borgan. Xususan, ularning soni:

2018-yilda – 10 764 ta;

2019-yilda – 11 858 ta;

2020-yilda – 13 057 ta;

2021-yilda –14 287 ta;

2022-yilda – 15 799 ta bo‘lgan.

Теги :
Jamiyat