BAA O‘zbekistonga kamyob dori vositalarini yetkazib bermoqchi
Birlashgan Arab Amirliklari kompaniyasi O‘zbekistonda qo‘shma loyihalar amalga oshirishga katta qiziqish bildirgan.
1 daqiqa o‘qiladi

Birlashgan Arab Amirliklarining “MBS Global Investments” kompaniyasi tibbiyotda kamyob bo‘lgan dori vositalarini O‘zbekiston bozoriga yetkazib beradi, deya xabar berdi “Dunyo” AA.
Hamkorlik
O‘zbekiston diplomatlari BAAning “MBS Global Investments“ kompaniyasi ijrochi direktori Ajmal Sharafuddin bilan uchrashdi.
BAA vakili O‘zbekiston farmatsevtika mahsulotlarni “Julphar” kompaniyasi bilan birgalikda yetkazib berishga qiziqish bildirildi.
Kamyob dori vositalari
“Birinchi bosqichda tibbiyotda kamyob bo‘lgan dori vositalari O‘zbekiston bozoriga kompaniyaning Hindistondagi ishlab chiqarish majmualaridan yetkazib beriladi. Ikkinchi bosqichda esa ularni O‘zbekistonda ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.
Boshqa loyihalar
Shuningdek, kompaniya infratuzilma sohasida Jahon banki bilan amalga oshirilayotgan “Toshkent-Andijon” pullik yo‘lini qurish loyihasida ishtirok etishga taklif etildi.
Muzokaralar yakunida yuqorida muhokama qilingan loyihalar bilan batafsil tanishish maqsadida shu yilning noyabr oyida mazkur kompaniya vakillarining O‘zbekistonga safarini amalga oshirishga kelishildi.



