Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +15° kechasi +9°

Ishlab chiqarish uchun eng serxarajatdorilar qaysi?

Bitta dorining tayyor bo‘lib bozorga chiqishi o‘rtacha $879,3 mln.ga tushmoqda.

1 daqiqa o‘qiladi

Ishlab chiqarish uchun eng serxarajatdorilar qaysi?

JAMA Network Open jurnali qaysi dori vositalarini ishlab chiqarish eng qimmatga tushishini ma’lum qildi.

Qaysi dorilar odatda ko‘p xarajat talab qiladi?

Eastern Research Group tadqiqotiga ko‘ra, og‘riqni qoldiruvchi, saratonga qarshi hamda ko‘zni davolovchi dorilarni ishlab chiqarishga eng ko‘p xarajat qilinadi.

Farmatsevtika kompaniyalari yangi dorini yaratish uchun ilmiy ishlarga 314 milliondan 4,46 milliard dollargacha sarflaydi. Bitta dorining tayyor bo‘lib bozorga chiqishi o‘rtacha $879,3 mln.ga tushmoqda.

Eng serxarajati — og‘riq qoldiruvchi

Eng serxarajati — og‘riqni qoldiruvchi dorilar: ularga o‘rtacha $1,75 mlrd. sarflanadi. Saratonga qarshi dorilarga o‘rtacha $1,2 mlrd., oftalmologiya dori vositalariga $1,09 mlrd. sarflanadi.

Oshqozon-ichak yo‘llari kasalliklari uchun

Oshqozon-ichak yo‘llari kasalliklarini davolashga mo‘ljallangan dorilarni tayyorlash uchun o‘rtacha $963,5 mln., yurak-qon tomir kasalliklari uchun dorilarga $890,3 mln. mablag‘ kerak bo‘ladi.

TOP-10

Ishlab chiqarilishi eng qimmatga tushuvchi dorilar top-10ligida keyingi o‘rinlarda markaziy nerv tizimi ($794,6 mln.), endokrin buzilishlar ($780 mln.), qon kasalliklari ($720,4 mln.), nafas yo‘llari ($686,4 mln.) va teri kasalliklari ($683,1 mln.) uchun mo‘ljallangan dorilar joylashdi.

“Katta o‘nlik”ka kirmagan dorilar ro‘yxatida immunomodulyatorlar ($605,8 mln.), siydik yo‘llari va jinsiy a’zolar kasalliklari ($394,9 mln.) va yuqumli kasalliklar ($378,7 mln.)ga qarshi dori vositalarini ko‘rish mumkin.