Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
⛅ +16° kechasi +9°

Dollar uchun “yangi davr”

The New York Times nashri AQSHdagi saylovlar yakunlangach, dollar kursining zaiflashish ehtimoli borligini ma’lum qildi.

1 daqiqa o‘qiladi

Dollar uchun “yangi davr”

The New York Times nashri Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, dollar kursini zaiflashtirishi mumkin ekanligini qayd etdi.

Mahsulot sotishiga to‘sqinlik 

Nashrga ko‘ra, bu AQSH valyutasi uchun "yangi davr" bo‘ladi. Unda, yozilishicha Tramp va uning vitse-prezidentlikdagi hamkori J.D.Vens zaif dollar, savdo, soliqlar va Xitoyga nisbatan qattiqqo‘llik borasida bir xil fikrda. AQSHning sobiq prezidentining fikricha, kuchli dollar mahalliy kompaniyalarning valyutalari zaifroq mamlakatlarga mahsulot sotishiga to‘sqinlik qiladi.

Dollarning oltinga bog‘lanishi

Dollar muomalaga kiritilgan vaqtdan boshlab AQSh hukumati uning qiymatini oltin bilan bog‘lagan. 1792-yilda oltinning bir unsiyasi 19,3 dollar deb belgilangan. 1834-yilda AQShning oltin zaxirasi yetarli bo‘lmagani tufayli unsiya bahosi 20,67 dollarga ko‘tarilgan. Bu qiymat asrlar davomida o‘zgarib borsa-da, dollarning oltin bilan baholanishi va bog‘liqligi saqlanib qolavergan. Shuningdek, 1792-yilda muomalada bo‘lgan AQSh pulining tarkibidagi sof oltin miqdori 1,6 gr yoki 24,05 gr sof kumushdan tarkib topgan edi. 1834 yilda mazkur oltin tangalar davlatning rasmiy pul birligi sifatida tan olingandan so‘ng uning tarkibidagi sof oltin miqdori 1,5 gr qilib belgilanadi. AQSh dollari birinchi bo‘lib 1944-yildagi Bretton-Vuds bitimidan keyin xalqaro valyuta sifatida tan olinadi va keyinchalik dunyodagi eng ustun valyutaga aylandi.