$
 12175.34
4.67
 14063.74
15.14
 154.29
1.99
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentda ilk bor Lamborghini, Bugatti, Ferrari, Aston Martin’larning rasmiy dileri ochildi

Diler

Toshkentda ilk bor Markaziy Osiyoda yagona Ferrari, Lamborghini, Bugatti, Aston Martin va Overfinch kabi dunyoga mashhur brendlarning rasmiy dilerlik markazlari ochildi.

O‘zbekistonda lyuks avtomobillarga qiziqish ortib bormoqda

Diler ochilishi munosabati bilan eksklyuziv gala kechasi tashkil etildi. Bu yerda avtomobil ixlosmandlari, tadbirkorlar va taniqli shaxslar yig‘ildi. Mehmonlarga yangi lyuks avtomobillar modellari taqdim etildi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berildi.

Ushbu dilerlik markazlarining ochilishi O‘zbekistonda lyuks avtomobillarga qiziqish ortib borayotganini va Toshkentning xalqaro avtomobil maydonidagi pozitsiyasini mustahkamlayotganini ko‘rsatdi.

Insayd xabarlar

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentda Ferrari Purosangue’ning narxi taxminan 1 million dollarni, Overfinch turing markazi tomonidan tayyorlangan Range Rover Sport’ning esa taxminan 500-600 ming dollarni tashkil qilishi kutilmoqda.

Теги :
Jamiyat