$
 12142.10
-52.11
 14079.98
95.66
 150.53
0.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Ishga 1 soat keyin kelib, 1 soat avval ketish, jarimani oylik maoshga qarab moslashtirish, haydovchilik huquqini cheklash — Ikkinchi debat qanday g‘oyalar ilgari surildi?

Debat

Bugu, 4-oktyabr kuni “Debat Xoll” media markazida “Davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimini takomillashtirish” mavzusida navbatdagi, ikkinchi debat bo‘lib o‘tdi. Uni jonli efirda O‘zbekiston Milliy media birlashmasiga a’zo telekanallar – "Mening yurtim", "Renessans", "Sevimli", "Zo‘r TV" va "Uzreport" – o‘zbek tilida, shuningdek, "Dunyo bo‘ylab" (rus tilida), "Foreign languages" (ingliz tilida) telekanallari jonli efirda tomoshabinlarga taqdim qildi. 

Debat ishtirokchilari

Ikkinchi debatda “Adolat” sotsial demokratik partiyasidan vakil sifatida Dilmurod Ismoilov, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan vakil Bobur Bekmurodov, O‘zbekiston ekologik partiyasi vakili Dildora Kamolova, Xalq demokratik partiyasidan vakil Malika Qodirxonova hamda Milliy tiklanish demokratik partiyasidan vakil Jahongir Shirinovlar ishtirok etishdi.

O‘zLiDeP 

O‘zLiDeP spikeri Bobur Bekmurodov debat davomida quyidagi g‘oyalarni ilgari surdi:

Tadbirkorlik bilan bog‘liq jinoyat turlari kamaytiriladi, soha erkinlashtiriladi;

Qonuniy ishlayotgan va soliqlarni o‘z vaqtida to‘layotgan tadbirkorlar tekshirilmasligiga erishish;

Tadbirkorlikka noqonuniy aralashgan mansabdorlarning javobgarligi kuchaytiriladi;

Mansabdor shaxslar tomonidan fermerlarga hosilni sotish, majburiy narx belgilash kabi aralashuvlar qat’iy taqiqlash.

 “Milliy tiklanish” partiyasi

“Milliy tiklanish” partiyasi spikeri Jahongir Shirinov debatda quyidagi g‘oyalarni ilgari surdi:

Bog‘chalardan boshlab korrupsiyaga nisbatan nafrat paydo qilish va davlat xizmatchilarining muntazam korrupsiyaga moyillik testidan o‘tkazish;

Davlat va hududiy dasturlarni ishlab chiqilishi va tasdiqlanishida albatta jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish majburiyatini joriy etish;

Mahalla raisligiga bir shaxsning 1 mahallada surunkasiga ikki bor bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha normani kiritish;

Noto‘g‘ri davolaganlik uchun tibbiyot xodimlariga qat’iy javobgarlikni belgilash.

XDP 

XDP spikeri Malika Qodirxonova debat  vaqti quyidagi g‘oyalarni ilgari surdi:

Homilador, yosh bolasi bor ayollar uchun qulay ish joyi, moslashuvchan ish rejimini Qonun bilan kafolatlash; 

Partiyamiz davlat organlaridagi rahbarlik lavozimlarining 50 foizida ayollar bo‘lishi; 

Biz shaharlardagi tirbandlik masalasini zich aholiga ega Seul va Tokio shaharlari tajribasidan kelib chiqib hal qilish; 

O‘zbekistonning iqlim sharoitini hisobga olib anomal issiq va sovuq kunlarda xodimlar ish vaqtini 2 soatga qisqartirish.

 Ekopartiya

Ekopartiya spikeri debat davomida quyidagi g‘oyalarni ilgari surdi: 

Bino va ko‘p qavatli uylarni qurishda birinchi jamoatchilikka bildirilishni:

Suvdan samarali foydalanish, uylar qurishda jamoatchilim fikrini so‘rash;

Ekologik huquqbuzarlikka javobgarlikni joriy qilish;

Tadbirkorlar tomonidan daraxtni noqonuniy kesganda ularni yerga bo‘lgan huquqini bekor qilish;

Xalqaro tajribadagi xalqqa zararli gaz chiqqanda kompensatsiya to‘lash majburiyatini joriy qilish.

“Adolat” sotsial demokratik partiyasi

“Adolat” sotsial demokratik partiyasidan vakil Dilmurod Ismoilov debatda quyidagi g‘oyalarni ilgari surdi:

Yoʻl qoidalarini buzganlik uchun haydovchilik huquqini cheklash;

Jarimalarni oylik maoshga qarab moslashtirish;

Korrupsion holatlarda jazoni yanada kuchaytirish.

Теги :
Jamiyat