$
 12634.00
8.96
 13710.42
23.61
 148.62
2.51
weather
+26
Кечаси   +14°

E’tiborsizlikning oxiri ayanchli yakunlandi

bolalar bogchasi

Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi oilaviy bolalar bog‘chasida qarovsiz qolgan bir nechta bolalar ko‘chaga chiqib ketgan. Ulardan biri ariqqa tushib ketishi oqibatida vafot etdi.

Qarovsiz qolgan bolaning o‘limi

15-fevral kuni Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida joylashgan xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi N. qarovsiz qolib, ko‘chaga chiqib ketgan. Oqibatda ariqqa tushib ketib vafot etgan. Bu haqida Maktabgacha ta’lim agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususiy bog‘cha yopiladimi?

Agentlik matbuot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva oʻsha kuni bir nechta bolalar bogʻchadan chiqib ketgani, ulardan biri ariqqa tushib halok boʻlganiga oydinlik kiritdi. Shuningdek, ayni paytda mazkur oilaviy maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini tugatish to‘g‘risida dalolatnoma tuzilayotganini xabar berdi.

Vafot etgan bola bog’chaga noqonuniy qatnagan

Maktabgacha ta’lim agentligining maʼlumotlariga koʻra, mazkur oilaviy bolalar bogʻchasi 2020-yil 3-dekabrda tashkil topgan. 2023-yil apreligacha unda 25 nafar bola tarbiyalanayotgan edi. Aprel oyidan boshlab yangi kelishuvga ko‘ra, 18 nafar bola bog‘chaga borishiga ruxsat berilgan.

“Bolalar bog‘chasi” ta’limni boshqarish axborot tizimida mazkur bog‘chadagi tarbiyalanuvchilar soni 15-fevral holatiga ko‘ra 18 nafarni tashkil etdi. Biroq vafot etgan bola ko‘rsatilgan maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnaydigan bolalar ro‘yxatiga kiritilmagan, ya’ni u bog‘chaga noqonuniy ravishda kelgan”, — deyiladi agentlik xabarida.

Jizzax viloyati prokuraturasining xabar berishicha, tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.