$
 12938.01
22.94
 14673.00
13.1
 158.73
2.3
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

O‘zbekistonning qarzi 34 milliard dollarga yetdi

davlat qarzi

Mamlakatning qarzlari 2023-yilda 34 milliarddan oshib ketgan, bularning asosini tashqi qarzlar tashkil etadi.

34 milliardlik qarz

O‘zbekistonning 2024-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, jami 34,9 milliard dollar qarzi bor. Buning asosiy qismni tashqi qarzlar tashkil etmoqda. Shunda, davlatning tashqi qarzlari - 29,6 va ichki qarzi - 5,3 milliard dollarni tashkil qiladi. Ushbu qarzlar, yalpi ichki mahsulot(YIM)ning 38,4 foizini tashkil qiladi. Bu haqida iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot berdi.

Jahon banki - eng katta “homiy”

O‘zbekistonga eng katta kredit beruvchi tashkilot Jahon Banki hisoblanib, ular 6,6 milliarder dollar berishgan. Undan tashqari Osiyo taraqqiyot banki - 6,4 milliard va boshqa investorlar - 3,4 milliard dollar qarz bergan. Ichki qarzlar esa - 5,3 milliard.

Asosiy qarz dollarda

Ushbu qarzlarni katta qismi dollarda olingan va to‘lanadi. Shu miqdordan 71,4 foizi AQSh dollarida, 6,9 foizi so‘mda va 6,2 esa yapon iyenasida ekanligi aytilmoqda. Mamlakat jami 2020-yildan beri uch yildan beri jami 2 trillion so‘mlik obligatsiya to‘lagan.