Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 84 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +10° kechasi +9°

6 oyda davlat byudjeti defitsiti 34 trln. soʻmdan oshdi

Joriy yilning fevral-iyun oylarida davlat byudjeti daromadlari 115,8 trln. soʻmni, xarajatlari esa 149,8 trln. soʻmni tashkil etib, taqchillik 34 trln. soʻmga yetgan.

3 daqiqa o‘qiladi

6 oyda davlat byudjeti defitsiti 34 trln. soʻmdan oshdi

Joriy yilning fevral-iyun oylarida davlat byudjeti daromadlari 115,8 trln. soʻmni, xarajatlari esa 149,8 trln. soʻmni tashkil etib, taqchillik 34 trln. soʻmga yetgan. Bu ko’rsatkich bir yil oldingidan qariyb 27 foizga koʻp.

6 oylik hisobotlar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi taqdim qilgan ma'lumotlarga koʻra, joriy yilning yanvar oyida davlat byudjeti daromadlari – 16 trln. 159,9 mlrd. soʻmni, xarajatlari esa – 21 trln. 926,7 mlrd. soʻmni tashkil etgan. Byudjet daromadlari va xarajatlari oʻrtasidagi farq 5 trln. 766,8 mlrd. soʻm.

Fevral oyida davlat byudjeti daromadlari – 16 trln. 908,9 mlrd. soʻm, xarajatlari esa – 24 trln. 137,1 mlrd. soʻm boʻlgan. Salbiy farq – 7 trln. 228,1 mlrd. soʻm.

Mart oyida davlat byudjeti daromadlari – 17 trln. 457,2 mlrd. soʻm, xarajatlari esa 24 trln. 307,1 mlrd. soʻm boʻlgan. Salbiy farq – 6 trln. 850 mlrd. soʻm.

Aprel oyida davlat byudjeti daromadlari – 19 trln. 286,1 mlrd. soʻm, xarajatlari esa 25 trln. 27,2 mlrd. soʻm boʻlgan. Salbiy farq – 5 trln. 741,1 mlrd. soʻm.

May oyida davlat byudjeti daromadlari – 22 trln. 749 mlrd. soʻm, xarajatlari esa 26 trln. 565,2 mlrd. soʻm boʻlgan. Salbiy farq – 3 trln. 816,2 mlrd. soʻm.

Iyun oyida davlat byudjeti daromadlari – 23 trln. 233,4 mlrd. soʻm, xarajatlari esa 27 trln. 879,9 mlrd. soʻm boʻlgan. Salbiy farq – 4 trln. 646,5 mlrd. soʻm.

6 oylikdagi davlat byudjeti taqchilligi

Umumiy hisobda oʻtgan olti oylikdagi davlat byudjeti taqchilligi 34 trln. 49 mlrd. soʻmni tashkil qilgan. Ma'lumot uchun, oʻtgan 2023-yilning birinchi yarim yilligida davlat byudjetining defitsiti 26,8 trln.soʻmdan iborat boʻlgandi, ya'ni vaziyat oʻtgan yilgi ogʻir ahvoldagidan ham murakkabroq rivojlanmoqda.

 

Konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari va xarajatlari boʻyicha hisobotlar hali e'lon qilinmadi.

2024-yilgi davlat byudjeti prognozi

2024-yil uchun davlat byudjeti haqidagi qonunga koʻra, davlat byudjeti daromadlari 270,4 trln. soʻm, xarajatlari esa 280,7 trln. soʻmni tashkil etishi prognoz qilingan.

Konsolidatsiyalashgan byudjet

Konsolidatsiyalashgan byudjet (davlat byudjetidan tashqari, davlat maqsadli jamgʻarmalari, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalarini ham oʻz ichiga oladi) defisiti 52,6 trln. soʻm yoki YaIMga nisbatan 4 foiz darajasida chegaralangan.

Munosabat

Iqtisodchi Otabek Bakirov davlat byudjeti defitsitining bu galgi ko’rsatkichlari bo’yicha o’z fikrtini bildirdi:

Tendensiyadan kelib chiqilsa, bu yil ham YaIMga nisbatan 4%lik yoki 52,5 trln.soʻmlik konsolidasiyalashgan byudjet defisitiga tushish juda qiyin boʻladi. Balki allaqachon yillik xarajatlardan ortiq yoki umuman koʻzda tutilmagan xarajatlar amalga oshirib boʻlingan moddalar boʻlishi mumkin. Oxirgi 3 yildagi kabi dekabrning oxirgi kunida xarajatlar amalga oshirilib boʻlingach emas, xarajatlar qilinmasidan, oldindan jamoatchilikka, parlamentga chiqarilishi, ochiq muhokama etilishi zarur.

“Oxirgi 6 oyda yangi va yangi vazirliklar, ya'ni byudjet taqsimlovchilari paydo boʻldi, ularning byudjeti yana orqa sana bilan tasdiqlanadimi? Masalan, Oʻzatomniki, Energoregulyatorniki?

Bombaga aylanishi mumkin boʻlgan AES boʻyicha xarajatlar qaysi moddaga, qaysi jamgʻarmaga tiqiladi?

 

Bu boshimizga tushgan balo AES deb oylik va pensiyalar indeksatsiyasi yana kechikmaydimi?”, - deb yozadi u.