$
 12732.56
3.08
 14181.53
25.08
 139.37
-0.35
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda ilk marotaba “Hokimlikka tayyorlash maktabi” tashkil etiladi

Davlat xodimi

Loyiha Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan Xanns Zaydel jamg‘armasi hamda Bavariya davlat boshqaruvi maktabi hamkorligida amalga oshirildi. Bu haqda Аgentlik axborot xizmati ma’lum qildi.

56 nafar nomzod tanlab olingan

O‘zbekistonda ilk bora xorijiy hamkorlar bilan tashkil etilayotgan “Hokimlikka tayyorlash maktabi” qo‘shma ta’lim dasturi eng avvalo zamonaviy sharoitlarda boshqaruv kadrlarining kasbiy bilim va saviyasiga qo‘yilayotgan talablarni hisobga olgan holda davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi rahbar kadrlarning zaxirasini yaratishni maqsad qilib olgan.

Dasturga tuman (shahar) hokimlari lavozimiga zaxiraga olingan kadrlar orasidan 56 nafar nomzod (KPI ko‘rsatkichlariga muvofiq) tanlab olindi.

Yuqori natijaga erishgan ishtirokchilarga Germaniyada o‘quv amaliyoti imkoniyati

Bunda tinglovchilarda mahalliy boshqaruv va hududiy rivojlanish sohasidagi chuqur va amaliyotga yo‘naltirilgan, strategik rejalashtirish, gorizontal va vertikal munosabatlar tizimiga oid bilimlarni, davlat va hududiy dasturlarni hamda normativ-huquqiy hujjatlarni sifatli ijro etish ko‘nikmalarini shakllantirishga oid mavzularga ustuvorlik beriladi.

Dastur 4 oyga mo‘ljallangan bo‘lib, ishtirokchilar 6 hafta davomida ish joyidan ajralgan holda Akademiyada auditoriya mashg‘ulotlarida ishtirok etadi, 8 hafta o‘z ish joylarida mustaqil ta’lim oladilar, vazirliklarda va hokimliklarda amaliyot o‘taydilar. Shuningdek, attestatsiya natijalariga ko‘ra yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan 20 nafar tinglovchi 9 kun Germaniyada o‘quv amaliyotini o‘taydi.

Ular o‘z tumani uchun loyiha ishlab chiqishi kerak

Ta’lim dasturi davomida har bir tinglovchi o‘z tumani (shahri) ning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha loyihasini ishlab chiqadi. Tinglovchilarning loyiha ishlariga Akademiya professor-o‘qituvchilari va mahalliy ekspertlar rahbarlik qilib boradi.

Mazkur dasturda ishtirok etish boshqaruv kadrlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha professional kompetensiyalarini oshirishga, shuningdek, ularning ilg‘or xorijiy tajriba bilan tanishishlari uchun keng imkoniyat yaratadi.

Shu bilan birga, ularning davlat boshqaruvining siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy asoslari, shaharsozlik va qurilish industriyasi, muhandislik kommunikatsiya va uy-joy kommunal xo‘jaligini samarali yuritish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish kabi yo‘nalishlarda ham bilim va ko‘nikmalari rivojlantiriladi.

Теги :
Жамият