$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Maktabdagi darsliklar o‘quvchilarni rusofoblarga aylantiradimi?

Darsliklar

Rossiyalik mutaxassislar O‘zbekiston tarix darsliklardagi yillarni xato qilib chop qilinayotgani haqida gapirishmoqda. Ular O‘zbekiston davlatchiligini Sovet Rossiyasi tufayli paydo bo‘lganligini unutmaslik kerakligini va O‘zbekiston darsliklari o‘quvchilarni rusofoblarga aylantirishga urinayotgani haqida yozishmoqda.

O‘quvchilarning kamida 8 avlodi buzib ko‘rsatilgan faktlar asosida ta’lim olishmoqda

“Asia Today” nashri Xalq ta’lim vazirligi tomonidan chop qilishga ruxsat berilgan, 2020-yilda ikkinchi bor nashr qilingan 5-sinf tarix darsligini misol qilib, u yerda yillar bilan bog‘liq xatolar haqida material chop qildi.

“Darslikning birinchi nashri 2015-yilda chop qilingan. O‘zbekiston o‘quvchilarning kamida 8 avlodi buzib ko‘rsatilgan faktlar asosida ta’lim olishmoqda”, deydi muallif.

“Yolg‘on qanchalik dahshatli bo‘lsa, unga ishonish osonroq bo‘ladi”

Bunga nisbatan Toshkentda istiqomat qilayotgan yozuvchi va jurnalist Vladimir Fetisov esa doktor Geblesning “Yolg‘on qanchalik dahshatli bo‘lsa, unga ishonish osonroq bo‘ladi” so‘zini iqtibos sifatida foydalanib, ana shunday yolg‘onlarning biri O‘zbekistondagi o‘zbek maktablarida o‘quvchilar o‘rganayotgan tarix darsligi ekanligini yozgan.

“Ma’lum bo‘lishicha, Pyotr I O‘rta Osiyoning tabiiy boyliklarini ham tortib olishni rejalashtirgan. Savol tug‘iladi: biz qanday boylik haqida gapiryapmiz – uran, neft, foydali qazilmalar? O‘rta Osiyo xonliklari o‘sha davrda qanday boyliklarga ega edilar? Buyuk Pyotr Hindistonga suv yo‘li topish va Xiva bilan savdo-sotiq bo‘yicha muzokaralar olib borish maqsadida Bekovich-Cherkasskiyning kichik otryadini yubordi. 200 kishilik otryad (faqat xavfsizlik uchun) Xiva va Buxoro hukmdorlari qo‘shinlari uchun xavf tug‘dira olmas edi. Turar joy qulayligi bahonasida Xiva xoni tomonidan otryad bo‘linib, yo‘q qilingan, Bekovichning boshi Buxoro amiriga sovg‘a sifatida yuborilgan, terisidan nog‘ora yasagan. Kampaniyaning omon qolgan ishtirokchilari qullikka sotildi. Lekin darslik mualliflari, albatta, bu haqda yozmaganlar”- deyilgan maqolada.

3 sahifadagi yolg‘on faktlar

Yozuvchi, jurnalist darslikning atigi 3 sahifasida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan faktlarning ro‘yxatini tuzib chiqqan.

Maqolada O‘zbekistondagi chet davlatlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan darsliklar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan faktlar bolalarni faqat Rossiyaga qarshi fikrlarga uyg‘otishi va ularda millatlararo nizolarni shakllantirishi mumkinligi yozilgan.

“Bu darslik Rossiyaga nisbatan nafratdan boshqa hech narsa keltira olmaydi.”, – deyiladi “Asia Today” nashrida.

“O‘zbekiston aqli nozik va mustahkamlanmagan maktab o‘quvchilarni esa rusofoblarga aylantirishga urinmoqda”

Shuningdek, jurnalist O‘zbekiston davlat sifatida faqat Sovet Rossiyasi tufayli paydo bo‘lganini unutmasligimiz kerakligini iddao qilmoqda.

Jurnalistning ta’kidlashicha, O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari iliq va do‘stona ketayotgan vaqtda bunday yolg‘on darsliklardan foydalanib tarixni o‘rgatish g‘alati.

“…Oliy ta’lim sohasida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro aloqalar ancha yo‘lga qo‘yilgan, ammo ular aqli nozik va mustahkamlanmagan maktab o‘quvchilarni esa rusofoblarga aylantirishga urinmoqdalar”, – degan xulosa beriladi xabarda.

Теги :
Jamiyat