$
 12228.58
20.5
 14282.98
166.78
 155.96
0.96
weather
+26
Кечаси   +14°

Surxondaryoda yo‘l qurilishi tufayli 9,5 mingga yaqin daraxt xavf ostida

positive

Bu haqida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot kotibi xabar berdi.

Darxtlarga ziyon yetkazish jinoyat

Vazirlik bunga javoban prezidentning 2021-yildagi farmoniga muvofiq davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy amal qilingani hamda 2023-yildagi farmoniga ko‘ra ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazish, o‘simlik va hayvonot olami dunyosi obyektlarini nobud qilish yoki ularga shikast yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlarni og‘ir jinoyatlar toifasiga kiritish belgilanganini eslatgan. 

Ko’chirishga rad javobi berildi

Yuqorida qayd etilgan hududdagi daraxtlarning ko‘p yillik yoshi va hajmidan hamda ularning hozirda tinim (vegetatsiya) davrida ekanidan kelib chiqib, Ekologiya vazirligi daraxtlarni ko‘chirishga rad javobini bergan. Shuningdek, ushbu loyihani amalga oshirishda daraxtlardan xoli hududni tanlash va bu borada loyihaga tegishli o‘zgartirishlar kiritishni tavsiya qilgan.

Qayd etilishicha, mazkur loyihaning amalga oshish masalasi ayni damda Hukumat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda, Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan inson hayoti xavfsizligini ta’minlash nuqtai nazaridan ushbu yo‘nalishdagi yo‘l infratuzilmasi takomillashtiruvga muhtojligi ta’kidlanmoqda. 

Yo’l talabi

Kuchli yomg‘ir yog‘ishi va sel kelishi oqibatida yo‘l va ko‘priklar ta’mirtalab holatga kelib qolgan. Avtomobillar sonining kundan kunga oshishi esa yo‘llarda tirbandliklarni yuzaga keltirmoqda. Natijada avtomobillarning harakatlanishida qiyinchiliklar yuzaga kelib, avtohalokatlar ko‘paymoqda. Jumladan, 2022-2024-yillar mobaynida bu yerda 54 ta YTH sodir bo‘lgan, buning natijasida esa 19 nafar fuqaro vafot etgan, 31 nafar fuqaro turli tan jarohat olgan. 

Shu bois ayni damda loyiha doirasidagi hududda mavjud daraxtlar holati, soni, turi, o‘lchami va qiymatini aniqlash bo‘yicha Surxondaryo viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Теги :
Jamiyat