$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Xo‘roz jangi” uyushtirgan ota “47”ga tortilmoqda

суд sud

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda “Ota o‘z farzandini boshqa bola bilan urishtirib, u bolani kaltakladi” sarlavhasi ostida video tarqalgandi. Holat Bolalar ombudsmani tomonidan oʻrganilmoqda.

Oʻrnak olishga “arziydigan” ota

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 21-mart kuni Uchtepa tumani "G9 A 21" uy oldida 10 yoshli T.M. tengdosh qoʻshnisi X.K. bilan o‘zaro kelishmovchilik sabab urushgan. Oʻsha vaqtda T.M. ning otasi E.M. ularni o‘zaro janjalini kuzatib, bolalarni ajratish o‘rniga aksincha, o‘g‘li T.M. ga qo‘shnisi X.K. ni urishiga imkon yaratgan va o‘zi ham urishga ko‘maklashgan. Bolalar bir-birini kaltaklashiga sharoit yaratgan "erkak" janjalni davom ettirishga o‘g‘lini majbur qilgan.

Jiddiy jarohatlar yoʻq

Aniqlanishicha, voyaga yetmagan T.M. va X.K. lar o‘zaro janjal natijasida biron bir tan jarohati olmagan va tibbiy muolaja olish uchun tibbiy muassasaga murojaat etish zarurati bo’lmagan.

Tuman hokimi nazoratga oldi

Hozirda holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilib, holatni tuman hokimi shaxsan nazoratiga olgan. Shuningdek, bolaning otasi E.M. ning bunday harakatlariga huquqiy baho berilib, MJtKning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan javobgarlikka tortish masalasi o‘rganilmoqda.

Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytilmoqda.