$
 12803.81
-19.17
 13677.03
-146.14
 130.64
-0.6
weather
+26
Кечаси   +14°

“Antikorrupsiya”: Sirdaryoda 5 nafar hokim korrupsiyaga qoʻl urdi

korrupsiya

Sirdaryo viloyatida korrupsiyaning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar holati tanqidiy koʻrib chiqildi. Yigʻilishda viloyat hokimi, korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi raisi Akmaljon Mahmudaliev hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov ishtirok etdi.

2023-yilda 324 ta, 2024-yilning 8 oyida esa 216 ta korrupsiyaviy jinoyat

Dastlab Agentlik direktori Ishchi guruh tomonidan viloyatda oʻtkazilgan oʻrganish yakunlari, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligiga salbiy ta'sir koʻrsatayotgan, korrupsiya xavf-xatarlarini keltirib chiqarayotgan masalalarga toʻxtalib oʻtdi.

Viloyatda 2023-yilda jami 324 ta, 2024-yilning 8 oyida esa 216 ta korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilgan boʻlib, mahalliy hokimliklar mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilayotgan korrupsiya holatlariga alohida e'tibor qaratildi.

Korrupsionerlarning asosiy qismi hokimlar va ularning oʻrinbosarlari

 2023-yilda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlarning 21 tasi (3 nafar hokim, 1 nafar hokim oʻrinbosari va 17 nafar hokimlik xodimlari), joriy yilda sodir etilgan korrupsiyaviy jinoyatlarning esa 11 tasi mahalliy hokimliklar (2 nafar hokim, 3 nafar hokim oʻrinbosari, 2 nafar hokimlik xodimlari, 3 nafar obodonlashtirish, 1 nafar yagona buyurtmachi xizmati injinering kompaniyasi) mas'ul mansabdor shaxslari hisobiga toʻgʻri kelganligi qayd etildi.

Mansabdorlarning tadbirkorlik bilan shugʻullangani tanqid qilindi

Shuningdek, viloyat va tuman-shahar hokimliklari ayrim mansabdor shaxslarining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotganligi masalasi ham tanqidiy muhokama qilindi.

Yigʻilishda bu borada qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish, qonunbuzilishlariga yoʻl qoʻygan mas'ullarning javobgarligi masalasini koʻrib chiqish lozimligi qayd etildi.