$
 12149.84
7.74
 14003.91
-76.07
 151.10
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

“El Klasiko”dan oldingi “repetitsiya” maromiga yetkazildi

El Сlassiko

“Real Madrid” va “Barselona” Yevropa Chempionlar Ligasidagi o‘yinlarini yirik hisoblarda yakunlashdi. 26-oktyabr, shanba oqshomi “yil o‘yini” bo‘lishi kutilmoqda.

“Real Madrid”

Yevropa Chempionlar Ligasida 3-tur o‘yinlari yakunlandi. O‘tgan yilgi finalchilar bahsida “Real Madrid” (6, 9-o‘rin) o‘z maydonida Borussiyani (6, 5-o‘rin) qabul qilib, 0:2 hisobini 5:2 ga aylantirdi. Vinisius het-trikka erishdi. Madridliklar ushbu bahsdan keyin o'ziga hos natija qayd etdi.YChLda faqat ikki bor 0:2 hisobida yutqazayotgan jamoa yakunda 3 gol farqi bilan g‘alaba qozongan: 

  1. “Real Madrid” YChL-2022/23 1/8 finalida Liverpulustidan 5:2
  2. “Real Madrid” YEChL-2024/25 3-turida Borussiya D ustidan 5:2

“Barselona”

Bugun oqshom Chempionlar Ligasining 3-turidan o‘rin olgan “Barselona” - Bavariya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yinda dastlab, Rafinya hisobni ochgan bo‘lsa, Keyn imkoniyatlarni tenglashtirdi. Shundan keyin taym so‘nggigacha mezbonlar yana ikkita gol urishdi. Ikkinchi bo‘limda esa Rafinya uchrashuvdagi 3-golini urib, xet-trikni rasmiylashtirdi. Shu tariqa, kataloniyaliklar turnir jadvalida 10-o‘ringa chiqib olishdi. Kompani shogirdlari esa 23-pog‘onada.

Markaziy o‘yinga munosabat

“Barselona” - “Bavariya” uchrashuvi yakunlangach, barhcha futbol tahlilchilari o‘z fikrlarini jamoat bilan bo'lishdi. Jumladan, jurnalist Qahramon Aslanov ham.

Ko‘pchilik “Barselona”ning yirik g‘alabasini to‘rt yil oldingi 8:2 ga qiyoslayapti, ammo farq bor. U paytda bo‘lajak YChL g‘olibi, dunyoning eng kuchlisi bo‘lmish nemis jamoasi ham mental, ham taktik tomondan chuqurda bo‘lgan raqibini har tomonlama yanchib tashlagandi. Bugun deyarli teng o‘yin ko‘rdik, ba’zi kichik vaziyatlar boshqacha yakunlansa, durang bo‘lishi va hatto mehmonlar yutishi ham mumkin edi. O‘yin taqdiri hal bo‘lgan 80-daqiqalargacha har tomonlama tenglik edi ko‘rsatkichlarda. Natija nemislar uchun fojea emas, mezbonlarni ham osmonga olib chiqishga erta. Shunchaki, yangi murabbiy qo‘l ostida rivojlanishning ilk bosqichida bo‘lgan ikki yaxshi jamoaning ochiq o‘yinida tablodagi farqni paydo qilgan omil Rafinyaning umumiy 0.09 xG lik ikki vaziyatni ikki golga aylantirgani bo‘ldi”, — deb yozadi jurnalist.

Shuningdek, Aslanov yaqinlashib kelayotgan “El Klasiko” o'yini haqida ham fikr bildirgan. “'Barselona' juda zo‘r o‘ynayapti, juda kuchli o‘ynayapti, tomosha qilish zavqli, futbol mana shunday o‘yinlar uchun ixtiro qilingandek. Ammo “Barselona” o‘ynayotgan uslub, “Real Madrid” mavsum boshidan beri qaniydi kimdir biz bilan shunday o‘ynasa...deb kutib yurgan uslubdir. Flik o‘zgarmaydi. Oz qoldi, bizni eng zo‘r “El Klasiko” kutib turibdi— deb yozadi Aslanov.

1,1 million kishidan iborat onlayn navbat

Ma'lum bo'lishicha, “Real Madrid” futbol klubining rasmiy veb-saytida deyarli 1,1 million kishidan iborat onlayn navbatlar qatori mavjud. Barcha foydalanuvchilar 26-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “El Klasiko” o‘yiniga chipta sotib olishni istashadi. “Real Madrid” va “Barselona” o‘rtasidagi bahs Santyago Bernabeu stadionida bo‘lib o‘tadi. Arena atigi 81 ming tomoshabinni sig‘dira oladi.

Теги :
Jamiyat