$
 12875.06
13.23
 13406.80
-90.4
 124.75
-0.72
weather
+26
Кечаси   +14°

Oxirgi ellik yilda chuchuk suv havzalari jonzotlari 85 foizga kamaygan

jonzot

Butunjahon yovvoyi tabiat fondi “Living Planet 2024” hisobotini taqdim qildi. Tahlil natijalari 5 500 ga yaqin amfibiya, qush, baliq, sutemizuvchi va sudraluvchilarning 35 ming populyatsiyasi kuzatuvlariga asoslangan.

Chuchuk suv havzalari jonzotlari eng ko‘p zarar ko‘rgan

Xususan, chuchuk suv havzalari jonzotlari eng ko‘p zarar ko‘rgan, ularning soni 1970 va 2020-yillar orasida 85 foizga kamaygan. Keyingi o‘rinlarda amfibiyalar (69 foiz) va dengiz populyatsiyalari (59 foiz) turadi.

Yovvoyi hayvonlar populyatsiyasi Lotin Amerikasi va Karib havzasida yarim asrda eng ko‘p — 95 foizga kamaygan. Afrika va Osiyo–Tinch okeani mintaqasida bu ko‘rsatkich mos ravishda 76 foiz va 60 foizni tashkil etgan.

Yevropa va Markaziy Osiyoda pasayish 35 foizni, Shimoliy Amerikada esa 39 foizni tashkil etgan, bu hududlardagi yovvoyi tabiatga katta ta’sirlar 1970-yildan oldin sodir bo‘lgan.

Nimalar sabab boʻlmoqda?

Hujjatda aytilishicha, har bir mintaqadagi yovvoyi tabiat uchun eng katta tahdid insonning oziq-ovqat tizimi tufayli tanazzulga uchrashi va yashash joylarining yo‘qolishidir. 

Ulardan keyin haddan tashqari ekspluatatsiya, invaziv turlar va kasalliklar turadi. Boshqa tahdidlarga esa iqlim o‘zgarishi va ifloslanish kiradi.