$
 12930.11
-11.9
 13390.42
48.5
 120.94
3.82
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi mamlakat choyini ichadi?

choy

O‘zbekistonga 2024-yilning yanvar—noyabr oylarida xorijdan qiymati 45,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 30 204 tonna choy import qilingan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lumot berdi.

Qaysi davlat yetakchi?

O‘zbekiston 2024-yilning 11 oyida eng ko‘p choy import qilgan davlatlar:

  • Xitoy — 24 561 tonna;
  • Keniya — 1 381 tonna;
  • Eron — 1 057 tonna;
  • Hindiston — 842 tonna;
  • Rossiya — 512 tonna;
  • Boshqa davlatlar — 1 851 tonna.

Ko‘k choyning ilmiy isbotlangan 10 ta foydasi

Eslatib o‘tamiz, ushbu tetiklantiruvchi ichimlik bir necha asrlar oldin qadimgi Xitoyda paydo bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Oradan shuncha vaqt o‘tsa hamki, choy hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Choyning ilmiy isbotlangan foydalari shuki, ozdiradi, umrni uzaytiradi, saratonga chalinish xavfini kamaytiradi, xolesterin darajasini pasaytiradi, qondagi qand miqdorini kamaytiradi, yoshartiradi, xotirani yaxshilaydi, suyaklarni mustahkamlaydi, energiya baxsh etadi, tinchlantiradi.

Теги :
Jamiyat