$
 12825.43
-12.9
 13493.63
-4.59
 120.98
1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

Umrni uzaytiradi, xotirani mustahkamlaydi va yoshartiradi: ko‘k choyning ilmiy isbotlangan 10 ta foydasi

Issiq choy

Ushbu tetiklantiruvchi ichimlik bir necha asrlar oldin qadimgi Xitoyda paydo bo‘lgan. Oradan shuncha vaqt o‘tsa hamki, choy hamon o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Bugun ushbu shifobaxsh ichimlikning ilmiy tadqiqotlar bilan tasdiqlangan 10 ta foydasi haqida so‘z yuritamiz.

Ozdiradi

Ko‘k choy tarkibida epigallokatexin gallat (EGCG) deb nomlangan o‘simlik birikmasi mavjud, u metabolizmni tezlashtiradi va yog‘ to‘qimalari erishiga yordam beradi.

Umrni uzaytiradi

Ko‘k choy surunkali kasalliklarga qarshi eng yaxshi himoyadir. Uni muntazam iste’mol qilish umrni uzaytirishi isbotlangan. 300 mingdan ortiq ko‘ngillilar ishtirok etgan yapon tadqiqotiga ko‘ra, har kuni ko‘k choy ichish bevaqt o‘lim xavfini kamaytiradi. Eng yaxshi natijani kuniga 5 piyoladan ko‘k choy ichgan ishtirokchilar ko‘rsatgan.

Saratonga chalinish xavfini kamaytiradi

Ko‘k choy antioksidant vazifasini bajaradigan polifenollar — foydali o‘simlik birikmalariga boy. Polifenollar hujayra DNKsini shikastlaydigan va saraton xavfini oshiradigan erkin radikallar ta’siridan himoya qiladi.

Xolesterin darajasini pasaytiradi

Ushbu shifobaxsh choyni iste’mol qilish yurak xastaliklari bilan bog‘liq LDL nomli zararli xolesterin miqdorini kamaytiradi. Bu fanda ilmiy isbotlangan. Shuningdek, ko‘k choy tarkibida katexinlar, ya’ni kuchli antioksidantlar mavjud bo‘lib, ular xolesterolni tanadan olib tashlashga yordam beradi. Bu esa, o‘z navbatida, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi.

Qondagi qand miqdorini kamaytiradi

Tadqiqotlarga ko‘ra, mazkur choy qondagi qand miqdorini kamaytirishga va umumiy glyukoza almashinuvini yaxshilashga yordam beradi. O‘rta yer dengizi diyetasining bir qismi sifatida muntazam ko‘k choy ichish 2-toifa qand kasalligi rivojlanish ehtimolini kamaytiradi.

Yoshartiradi

Ko‘k choydagi antioksidantlar teri hujayralarini himoya qiladi, erkin radikallar va ultrabinafsha nurlaridan kelib chiqadigan zarardan asraydi va vaqt o‘tishi bilan kollagen moddasining tabiiy ravishda parchalanish xususiyatini sekinlashtiradi.

Xotirani yaxshilaydi

Har kuni ko‘k choy ichish xotirani, diqqatni va umumiy idrok etish qobiliyatini yaxshilaydi. Masalan, choy tarkibidagi L-teanin moddasi sergaklik va diqqatni jamlashga, murakkab muammolarni hal qilish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi.

Suyaklarni mustahkamlaydi

Bir kunida kamida bir piyola ko‘k choy ichish suyaklarning yemirilishi, osteoporoz va sinishidan asraydi. Ushbu ichimlik tanadagi yallig‘lanishni kamaytiradi va suyaklarning zichligini vaqt o‘tishi bilan oshiradi.

Energiya baxsh etadi

Ko‘k choy kofein va L-teanin moddalari tufayli jismoniy mashqlar paytida energiyaning barqaror bo‘lishini ta’minlaydi. Natijada sport mashg‘ulotlari samarasi oshadi.

Tinchlantiradi

Stressni hech narsa bir zumda to‘liq bartaraf eta olmaydi, biroq aynan ko‘k choy sizni yanada xotirjam his qilishingizga yordam beradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, L-teanin organizmdagi dofamin va serotonin darajasini tartibga solishga yordam beradi. Bu esa tana tezroq tinchlanishi, xavotir va tushkunlik hissidan xalos bo‘lishiga ko‘mak beradi.

Теги :
Salomatlik