$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

Xitoy kompaniyasi Farg‘ona va Namanganda chiqindi yoqish zavodlarini qurmoqchi

positive

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida vazir Aziz Abduhakimov va Xitoyning “China Everbright Environment” kompaniyasi boshqaruvi raisi Xuan Xaysin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Chiqindilar bilan ishlashda Xitoy tajribasi

Uchrashuvda Aziz Abduhakimov Xitoyga tashrifi haqida gapirib, chiqindilarni yoqish zavodlaridagi texnologiyalardan hayratda qolganini va Xitoy tajribasini mamlakatda ham o‘zlashtirish niyatida ekanligini aytib o‘tdi.

Shu bilan birga, Farg‘ona va Namanganda chiqindilarni yoqish zavodlarini qurish loyihasiga ham e’tibor qaratildi.

Muhandislar guruhi yuboriladi

Xitoy tomoni mazkur loyihani tezroq boshlash tarafdori ekanligi, tez orada hududlarni o‘rganish uchun Xitoydan muhandislar guruhi yuborilishi aytib o‘tildi.

Ma’lumot uchun, loyiha doirasida dastlab Farg‘ona va Namangan viloyatlarida, keyin esa boshqa hududlarida ham chiqindilarni yoqish zavodlarini qurish rejalashtirilgan.

Shuningdek, qattiq maishiy chiqindilarni yoqish va elektr energiyasi ishlab chiqarish orqali qayta ishlash sohasidagi ishlarni jadallashtirish masalalari ham muhokama qilindi.

Теги :
Жамият