$
 12971.00
-1.08
 13308.25
84.51
 126.04
-0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Buxoroda BAA bilan hamkorlikda chiqindi yoqish zavodi quriladi

chiqindi

Abu Dabidagi xalqaro sammitda Ekologiya vazirligi va BAAning Tadweer Group kompaniyasi o‘rtasida Buxoroda 10 ga maydonda chiqindi yoqish zavodi qurish va elektr energiyasi olish bo‘yicha shartnoma imzolandi. 200 mln. dollarlik loyiha qurilishi bu yil boshlanadi va 21 ming xonadonni elektr bilan ta’minlaydi.

Qurilish jarayonlari 2025-yildan boshlanadi

14-yanvar kuni BAAda bo‘lib o‘tgan “Abu Dabi barqaror rivojlanish haftaligi” xalqaro sammiti doirasida O‘zbekiston va BAA o‘rtasida chet el investitsiyalari hisobiga chiqindilarni termik qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha shartnoma imzolandi, deb xabar berdi Ekologiya vazirligi.

O‘zbekiston vazirliklari va BAAning Tadweer Group kompaniyasi bilan loyihani amalga oshirish borasida kelishuvlarga erishildi.

Tadweer Group loyihasiga ko‘ra, Buxoro viloyatida 10 gektar yer maydonida qiymati 200 mln. dollariga teng chiqindi yoqish zavodi quriladi va kuniga 1 500 tonna chiqindi yoqiladi. Qurilish jarayonlari 2025-yildan boshlanadi. 2027-yilda Buxoroda Navoiy viloyati uchun ham qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavod ishga tushishi rejalashtirilgan

Chiqindi utilizatsiya qilinishi orqali atrof-muhitning ifloslanishi kamayadi

Ushbu loyiha orqali yiliga 547,5 ming tonna chiqindi termik usulda utilizatsiya qilinib, atrof-muhitga ta’siri kamayadi va 363 mln kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi, chiqindi poligonlari 50 foizga qisqartiriladi, 21 ming xonadon elektr bilan ta’minlanadi. Shuningdek, 150 ta qo‘shimcha ish o‘rni yaratiladi va yiliga 350 nafar malakali mutaxassis tayyorlanadi.