$
 12920.48
-7.79
 13436.01
-26.2
 130.17
0.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Xorijda qarovsiz qolgan 14 nafar bola Oʻzbekistonga olib kelindi

bola

Yurtimizga 2024-yil 1-sentabr sanasida 14 nafar xorijda ota-ona qaramog‘isiz qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik bolalar yurtimizga qaytarib olib kelindi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Bolalar qayerda edi?

Mazkur guruhdagi bolalar Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridan Ichki ishlar hamda Sogʻliqni saqlash vazirliklari masʼul xodimlarining xizmat safarlari doirasida Rossiya Federatsiyasidan Toshkentga olib kelindi. 

Psixologik va huquqiy yordam

Ijtimoiy himoya milliy agentligi va mas’ul tashkilotlar hamkorligida yurtimizga qaytarib olib kelingan bolalar ota-onasi va oʻz yaqinlarining qaramog‘iga qaytariladi. Ularga oʻzlarining yashash manziliga yaqin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan bir qator ijtimoiy xizmatlar, jumladan, bolalarning o‘zlari va ularning oila a’zolariga psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatib borish belgilangan.

Bu borada qanday chora koʻrilmoqda?

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlari hamrohligida xorijiy mamlakatlarda ota-ona qaramog‘isiz qolgan va yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilgan voyaga yetmagan bolalarni olib kelinguniga qadar ularni oilalariga qaytarish va jamiyatga ijtimoiylashuvini tashkil etish bo‘yicha zarur tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Теги :
Jamiyat