$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Xorijga chiqishga cheklov yo‘qligini endi mobil ilova orqali tekshirish mumkin

cheklov

Endilikda “Soliq” mobil ilovasi orqali sud qarorlari yoki boshqa organlarning ijro hujjatlari asosida xorijga chiqishga cheklov bor-yo‘qligini aniqlash mumkin. Ushbu xizmat bepul taqdim etiladi

Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?

Xizmatdan foydalanish juda oson. Buning uchun foydalanuvchi avval “Umumiy xizmatlar” bo‘limiga o‘tishi kerak. So‘ng “Xorijga chiqish cheklovini aniqlash” xizmatini tanlab, JSHSHIR yoki ID karta (pasport) raqamini kiritadi. Shu orqali xorijga chiqishga cheklov bor-yo‘qligini tez va qulay tekshirish mumkin.

Qanday natijalar chiqishi mumkin?

Tizim tekshiruv natijasiga qarab foydalanuvchiga ikki xil javobdan birini ko‘rsatadi. Agar cheklov bo‘lmasa, ekranda “Sizda O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish uchun cheklov aniqlanmadi” degan xabar paydo bo‘ladi. Aksincha, cheklov mavjud bo‘lsa, “Sizda O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish vaqtincha cheklangan” degan ogohlantirish chiqadi. Bunday holatda, foydalanuvchi “Batafsil” tugmasini bosib, cheklovning sababi va amal qilish muddati haqida ma’lumot olishi mumkin.

Теги :
Jamiyat