$
 12724.84
-15.11
 14223.83
32.8
 137.11
-2.03
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyada o‘zbekistonliklar uchun maxsus turistik kartalar joriy etiladi

positive

Rossiyada O‘zbekistondan tashrif buyurgan fuqarolar to‘lov uchun foydalanadigan turistik kartani yaratish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “TACC” agentligiga Rossiya Davlat dumasi turizm qo‘mitasi rahbari Sangadji Tarbaev ma’lum qildi.

Rossiyaga eng ko‘p tashrif buyuruvchilar

Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasidagi sayyohlik salohiyati taqdimotida deputat Rossiyaga kiruvchilar orasida o‘zbekistonliklar eng katta guruhni tashkil etishini ta’kidladi.

To‘lovlar

Tovar va xizmatlar uchun to‘lov mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda muhim o‘rin tutadi, deya qo‘shimcha qildi u.

Rossiya emitentlari tomonidan qo‘llanilayotgan “Mir” to‘lov tizimi “xalqaro argumentlar tufayli” O‘zbekistonda ishlamayapti. Tomonlar naqd pulsiz hisob-kitoblar uchun imkoniyatlar yaratish ustida ishlamoqda.

Virtual hisoblar

“Iqtisodiy rivojlanish vazirligi va Moliya vazirligi mutaxassislari yordamida o‘zbekistonlik sayyohlarga „Mir“ tizimi asosida virtual hisoblar yaratish orqali Rossiyada to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi turistik karta ishlab chiqilmoqda”, — dedi Tarbaev.

“Uzcard” 2022-yil sentabr oyida texnik va profilaktik ishlar olib borilishi sabab “Mir” kartalariga xizmat ko‘rsatish to‘xtatilganini ma’lum qilgandi.

Теги :
Жамият