Seshanba, 20-oktabr, 2026
Havo 86 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
☀ +15° kechasi +9°

JSST: Mobil telefonlar saraton chaqirmaydi

Mobil aloqa endi paydo bo‘lgan vaqtlarda ko‘pchilik mutaxassislar mobil telefonlardan boshga juda yaqin masofada foydalanish miya saratoniga olib kelishidan xavfsiragan edi. Biroq JSST buyurtmasi bilan avstraliyalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot xavotirlar asossiz ekanini isbotladi.

2 daqiqa o‘qiladi

a phone and brain cancer

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti buyurtmasi bilan avstraliyalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari e’lon qilindi.

Rostdan ham telefonlar va miya saratoni o‘rtasida bog‘liqlik bormi?

Tadqiqot doirasida dunyoning o‘nta mamlakatida 1994—2022-yillarda mobil telefonlardan foydalanish va miya saratonining yuqori xavfi o‘rtasida bog‘liqlik bor-yo‘qligi haqida to‘plangan ma’lumotlar tahlil qilindi. Mobil aloqa endi paydo bo‘lgan vaqtlarda ko‘pchilik ekspertlar mobil telefonlardan boshga juda yaqin masofada tez-tez foydalanish miya saratoniga olib kelishidan xavfsiragan edi. Shu sababli mobil telefonlar ishlab chiqaruvchilari telefonlarning har bitta modelidagi radionurlanish darajasini o‘lchab, maxsus bukletlarda foydalanuvchilarga bu ma’lumotlarni oshkor qilardi.

Asossiz xavotir

Biroq Avstraliya radiatsiyadan himoya va yadroviy xavfsizlik boshqarmasi tomonidan 3-sentyabr kuni e’lon qilingan xulosalarda aytilishicha, mobil telefonlardan foydalanish va miya saratoni yuzaga kelishi o‘rtasida bog‘liqlik aniqlanmagan. Olingan ma’lumotlar asosida tadqiqotchilar ma’lum qilishicha, miya saratoni bilan kasallanishning umumiy darajasi tadqiqot o‘tkazish va ma’lumotlarni to‘plash davrida barqaror qolgan va foydalanuvchilar mobil telefonlarni tobora faolroq qo‘llagan davr mobaynida hech qanday tebranishlarni namoyon qilmagan.

Aslida saratonning ko‘payib ketishiga nima sabab bo‘lyapti?

1993-yildan 2022-yilga qadar qayd etilgan miya saratoni holatlari ko‘payishi diagnostika usullarining rivojlanishi, shuningdek, MRT tekshiruvlari yanada keng tarqalishi bilan bog‘liq. Ta’kidlanishicha, 2003-yildan mobil telefonlardan foydalanish keskin o‘sishi fonida ushbu davrda miya saratoni bilan kasallanishda o‘sish kuzatilmagan. Havola orqali ushbu tadqiqot bilan batafsil tanishib chiqish mumkin.