Chorshanba, 21-oktabr, 2026
Havo 85 o‘rtacha Tirbandlik xaritasi
🌤 +13° kechasi +9°

Olimlar saraton hujayralarini xavfsiz usulda yo‘q qilish yo‘lini topishdi

Bu amaliyot kimyoterapiya muolajasidan farq qilib, sog'lom hujayralarga zarar yetkazmaydi.

1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar saraton hujayralarini xavfsiz usulda yo‘q qilish yo‘lini topishdi

So‘nggi vaqtlarda dunyo miqyosida saraton kasalligiga chalinish avj olmoqda. Saratonga qarshi kurashish maqsadida olimlar saraton hujayralarini xavfsiz tarzda yo‘q qilish yo‘lini topishdi. Bu amaliyot kimyoterapiyadan farq qilib, sog‘lom hujayralarga zarar yetkazmasligi aniqlangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Kasallik bilan kurashuvchi nanozarrachalar yaratiladi

Ma’lum qilinishicha, I. M. Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti olimlari saraton kasalligiga qarshi kurashishning yangi usulini kashf etdi. Bu amaliyot kinyoterapiya muolajasidan farqli o‘laroq, sog'lom hujayralarga zarar yetkazmaydi. 

Buning uchun xavfli o‘simtani oziqlantiruvchi tomirlar devorlarida to‘planadigan nanozarrachalar yaratildi.

Ushbu usulda asta-sekin zarrachalar parchalanib, ular tarkibiga joylashtirilgan preparat ajralib chiqadi va faqat o‘simta to‘qimalariga kirib, uni yo‘q qiladi. Bu esa nojo‘ya ta’sirlar xavfini kamaytiradi.

Avvalgi usul sog'lom hujayralar uchun xavfli bo‘lgan

Tadqiqot mualliflaridan Aleksey Yermakovning ta’kidlashicha, saraton hujayralarini yo‘q qilish unchalik qiyin emas, bunga qarshi ko‘plab birikmalar mavjud. Muammo — sog'lom hujayralarga zarar bermaslik. Kimyoterapiyaning bu boradagi asoratlarini ayanchli. Shuning uchun xuddi igna singari to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘simta joylashgan nuqtaga yo‘naltiriladigan tizimni ishlab chiqilgan. Shuningdek, tegishli klinik sinovlardan so‘ng ushbu tadqiqot natijalari tibbiy amaliyotga tatbiq etilishi mumkin deyishmoqda soha mutaxassislari.